thumb|Lola Ahmedova wikipedia uchun tayyorlangan rasm

Lola Ahmedova (1983-yil 2-iyul, Surxondaryo, OʻzSSR) — oʻzbek aktrisasi va xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Hayoti Lola Ahmedova 1983-yil 2-iyulda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Otasi Ahmedov Baxtiyor Gapparovich rassom, onasi Ahmedova Dilbar Amanqulovna jurnalist boʻlishgan. Lola Ahmedova bolaligidan musiqaga mehr qoʻygan. U maktab tadbirlarida qatnashishni va sahnada qoʻshiq aytishni yoqtirardi. U oilasi bilan Toshkentga koʻchib kelganida ilk bor „Birgalikda kuylaymiz“ televizion tanlovida qatnashgan va final bosqichida ishtirok etgan. 1997-yilda Toshkent madaniyat kollejiga oʻqishga kirgan. Lola birinchi musiqiy taʼlimni shu texnikumda olgan. Uning birinchi ustozi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Gulshod Otaboeva „lapar“ sirlarini oʻrgatgan. 2001-yilda Oʻzbekiston konservatoriyasiga oʻqishga kirgan.

Lolaning ijodiy yoʻnalishi paydo boʻla boshlagan. 2003-yilda „Aziz on yurt navolari“ tanlovida 3-oʻrinni egallab, „Buni hayot deydilar“ qoʻshigʻi gʻolibi boʻldi. „Vatan himoyachilari kuni“, „Navroʻz“, „Mustaqillik“ kabi turli ommaviy tadbirlarda muntazam qatnasha boshlagan.

100 dan ortiq qoʻshiqlarni ijro etgan Lola 4 ta albomini ham oʻz muhlislariga havola eta oldi, bular „Yolgʻizginam“, „Devona“, „Begim“, „Biznikidir dunyolar“kabilardir. 2004-yilda boʻlib oʻtgan „Aziz ona yurtim navolari“ koʻrik tanlovida birinchi oʻrinni egallagan. 2006-yil esa „Nihol“ mukofoti sovrindori boʻlgan. Lola 2010-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan. Qoʻshiq kuylash bilangina cheklanib qolmagan, Lola 2004-yil rejissyor Axad Farmonovning „Muhabbatimsan“ filmida bosh rolni, Raʼno obrazini ijro etgan.

Konsertlari 2005-yil — „Yolgizginam“. 2006-yil — „Devonam“. 2010-yil — „Intizor kunlar“. 2013-yil — „Borliging Baxtim“ YilKonsert nomiKonsert zaliKunlari2005YolgʻizginamXalqlar doʻstligi saroyi2006Devonam2010Biznikidir dunyolar2013Borliging baxtim1,2,Fevral

Diskografiya +YilQoʻshiq nomiIjrochi2008EʼtirofLola Ahmedova2017SogʻintiribLola Ahmedova2017Yur muhabbat (feat. Hojiakbar Haydarov)Lola Ahmedova2018BevafogaLola Ahmedova2018Erka desamLola Ahmedova2019Ne dardlarLola Ahmedova2019BilmadingLola Ahmedova2019BilmiyordunLola Ahmedova2019MedoniLola Ahmedova2020YagonamanLola Ahmedova2020Duset doramLola Ahmedova2021Sogʻindim-daLola Ahmedova2022SaʼdiyaLola Ahmedova2022Qoʻlimdan kelmaydiLola Ahmedova2022Sen uchunLola Ahmedova2023Kelmasa-kelmasinLola Ahmedova2024Ketma jonimLola Ahmedova2024Nanasi var mahnisiLola Ahmedova2024Yomon demaginLola Ahmedova2024AzizamLola Ahmedova2025Onamni asraLola Ahmedova2025Sen boʻlmasang (with Shahrizod)Lola Ahmedova2026Yondim-yondimLola Ahmedova2026Bu hayot qiziq-qiziqLola Ahmedova2026JigarjonLola Ahmedova

Musiqiy albomlari 2022-yil „Yurak“ 2023-yil „Ayrilsam“ 2025-yil „Yana sevaman“

Mukofotlari +YiliMukofot nomi2004"Nihol„ unvoni2010“Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist" unvoni2022Mudofaa vazirligi „Koʻkrak nishoni“

Manbalar

Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Surxondaryoda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar