Malo Artur Gusto (2003-yil 19-mayda tugʻilgan) – Fransiyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi va Fransiya terma jamoasining oʻng himoyachisi.
Yoshlik davri Malo Arthur Gusto 2003-yil 19-may kuni Lion shahrining Décines-Charpieu kommunasida tugʻilgan. Isere shahridagi Vilfontaine kommunsida ulgʻaygan futbolchining otasi dastlab oʻgʻlini regbi sporti mashgʻulotlariga beradi. Ammo yosh Gustoning oʻzi tez orada futbolni tanladi va professional futbolchi boʻlish orzusi amalga oshdi.
Klublardagi karyerasi
Lyon Malo Gusto dastlab ASVF akademiyasida oʻynashni boshlaydi va biroz vaqt oʻtgach Bourgoin-Jallieu bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Keyinchalik esa 14 yoshida Olympique Lyon jamoasining akademiyasida faoliyatini davom ettiradiTurkum:CS1 French-language sources (fr).
U 2020-yilda Florent da Silva, Yaya Soumare va Rayan Cherki kabi oʻz tengdoshlari qatorida fransuz klubi bilan ilk professinal shartnomasini imzoladi. Oʻsha vaqtlarda u Rudi Garcia boshchilgidagi jamoaning Liga 1 oʻyinlari qaydnomasiga kirtildi, ammo unga asosiy oʻyin amaliyoti UEFA Yoshlar ligasi va National 2 turnirlarida berilganTurkum:CS1 French-language sources (fr).
Malo Gusto 2021-yilning 24-yanvarida Olympique Lyonnais safida professional debyutini oʻtkazdi. Liga 1 doirasida kechgan Derbi du Rhone deb nomlangan Saint-Étienne klubiga qarshi kechgan derbining 90-daqiqasida Bruno Guimarãesning oʻrniga maydonga tushirildiTurkum:CS1 French-language sources (fr). Mavsum oxirida Liga 1 da yana bir oʻyinda qisqa vaqt davomida toʻp surgan yosh himoyachi iyun oyida Lyon bilan yangi 2024-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi.
Gusto 7-avgust kuni Brest klubiga qarshi kechgan mavsumning ochilish oʻyinida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushirildiTurkum:CS1 French-language sources (fr). Bu orqali u Samuel Umtitidan keyin Lyon safida Liga 1 oʻyinida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Oʻng qanot himoyasida ancha tajribali futbolchi Dubois boʻlshiga qaramsdan murabbiy Bosz uni bir necha muhim oʻyinlarda ham maydonga tushirdi. Bular qatoriga UEFA Yevropa Ligasida Rangersjamoasiga qarshi 2-0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahs va Liga 1 dagi Paris Saint-Germainga 2-1 hisobida uchralgan magʻlubiyatlarni ham kiritishimiz mumkin.
Chelsea 2023-yil 29-yanvar kuni Malo Gusto Premyer-liganing Chelsea klubi bilan 2030-yilgacha shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Transfer qiymati 30 million yevro va qoʻshimcha 5 million yevrolik bonuslarni tashkil qiladi. Soʻngra 2022-2023-yilgi mavsum yakuniga qadar Lyon klubiga ijara asosida qaytarildi. Shu yilning 13-avgustida u Premyer-liga doirasidagi Liverpoolga qarshi bahsda futbolchi londonliklar safidagi debyutini oʻtkazdi. 24-sentyabr kuni Aston Villa jamoasiga qarshi bahsdaJarred Gilletga nisbatan ishlatgan qoʻpolligi uchu VAR tekshiruvidan keyin karyerasidagi dastlabki qizil kartochkaga loyiq koʻrildi.
Terma jamoadagi faoliyati Fransiyada tugʻilgan Gustoning otasining kelib chiqishi portugal, onasi esa mavritaniyalik boʻlgan. U Fransiyaning turli yosh toifasidagi jamoalar safida turli ampulalarda: Fransiya U-16 terma jamoasida yarim himoyachi, keyinchalik Fransiya U-17 va U-18 jamoalarida markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Biroq COVID-19 pandemiyasi tufayli 2020-2021-yillarda moʻljallangan koʻplab xalqaro turnirlar bekor qilinganligi sababli Gusto ham yoshlar jamoalarida deyarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmaganTurkum:CS1 French-language sources (fr).
2023-yilning 9-oktyabrida Gusto jarohatlangan Jules Koundé oʻrniga Gollandiya va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda terma jamoadagi ilk chaqiruvini olgan. 2023-yil 13-oktabr kuni u Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Gollandiyaga qarshi oʻyinda terma jamoa safidagi debyutini oʻtkazdi, futbochi 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Yakunda Fransiya 2:1 hisobida gʻalaba qozongan holda UEFA Yevro 2024 turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Statistika
Klub
+Klub safidagi liga oʻyinlari doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarLyon II2020–21Championnat National 270702021–22Championnat National 21111Umumiy8181Lyon2020–21Liga 120202021–22Liga 13003702022–23Liga 1210220Umumiy530610Chelsea2023–24Premyer Liga270370Umumiy8811061
Sovrinlar Chelsea
Liga kubogi finalchisi: 2023-24
Manbalar
Havolalar
Profile at the Chelsea F.C. website
Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:FC Bourgoin-Jallieu futbolchilari Turkum:Olympique Lyonnais futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Championnat National 2 futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari