Markaziy Jamia masjidi – Pokistonning Ravalpindi shahrida joylashgan masjid.

Masjid Potohar mintaqasidagi kam sonli qadimiy masjidlardan biridir. Shaharning eng gavjum yoʻlida, ushbu masjid nomi bilan ataluvchi Jama Masjid yoʻlida joylashgan. Masjidni uchta gumbaz va oʻnlab minoralar tashkil etadi. Masjidni boshqarish bilan „Avqof“ shoʻbasi mas’uldir.

Tarixi Masjid 1896-yilda Pir Mehr Ali Shoh va Pir Mehro Sharif tomonidan asos solingan va 1902-yilda qurib bitkazilgan. Manbalar

Turkum:1902-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:20-asr masjidlari Turkum:Ravalpinddagi masjidlar