Koʻkrak suti bilan boqish harakati butunjahon ittifoqi (WABA) – bu emizishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish va Innocenti deklaratsiyasiga muvofiq harakat qilish uchun global miqyosda ishlaydigan jamoa. Ushbu ittifoq tarkibidagi guruhlar turli xil masalalarni isteʼmolchi huquqlari himoyachisi, onalar va laktatsiya maslahatchilari oʻlaroq hal qiladilar.

WABAni yaratishda ishtirok etgan turli tashkilotlar va shaxslar orasida pediatriya va chaqaloqlar ovqatlanish nutrisiologiyasi boʻyicha ikki mutaxassis Derrick va Patrice Jelliffe ittifoq tashkil etilishida va dastlabki tashabbuslarning boshlanishida muhim rol oʻynagan.

WABA har yili 1-avgustdan 7-avgustgacha oʻtkaziladigan Butunjahon emizish haftaligini 170 dan ortiq mamlakatlarda emizish boʻyicha barcha hukumatlar va jamoatchilikning saʼy-harakatlarini birlashtirish uchun tashkil etilgan.

Kampaniyalar WABA turli xil reklama kampaniyalarini tashkillashtirgan:

1991-yildan hozirgacha Baby Friendly Hospital Initiative (BFHI) UNICEF va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining qoʻshma kampaniyasi boʻlib, asosan Innocenti deklaratsiyasi tamoyillarini amalga oshiradi.

1993-yil 1993-yilgi kampaniya onalarga qulay ish joylarini rivojlantirish muammosi ustida ish olib borgan. Umuman olganda, bu yilgi kampaniya onalar oʻzlarining ish joylarida emizish bilan bogʻliq hech qanday muammo boʻlmasligiga eʼtibor qaratishgan.

1994-yil 1994-yilgi kampaniyaning asosiy maqsadi Innocenti deklaratsiyasi talablariga javob berish uchun barcha mamlakatlarda koʻkrak suti oʻrnini bosuvchi mahsulotlarning xalqaro marketing kodeksini qayta joriy etish edi.

2024-yil – Oʻzbekiston thumb|right|Onasini emsin – bu soʻkinish emas, shifokorlarning tavsiyasi. Oʻzbekistonning Toshkent shahrida 30-iyul kuni LED-ekranlarda Butunjahon emizish haftaligi doirasida qilingan axborot kampaniyasining bir qismi boʻlmish „Onasini emsin“ jumlasi paydo boʻlgan. Tashkilotchilar shu orqali soʻkinishga aylanib ketgan jumlaning „birlamchi maʼnosi“ni qaytarishga uringan. „Maqsad – aslida maʼnosi yaxshi boʻlgan, ammo jamoatchilik ichida haqorat sifatida ishlatiladigan iborani oʻzining asl maʼnosiga qaytarish va ona suti bilan boqishni targʻib qilish“, – deyiladi Delivery Unit xabarida. Idora hisob-kitoblariga koʻra, bannerlar tarqatilgan paytdan boshlab 24 soatdan kamroq vaqt ichida kampaniya 1 milliondan ortiq faol auditoriyani qamrab olgan.

Keyinroq „Onasini emsin – bu soʻkinish emas, shifokor tavsiyasi“ yozuvi bilan tizer bannerlar ham eʼlon qilingan.

Axborot kampaniyasi doirasida 1−7-avgust kunlari yosh auditoriya eʼtiborini jalb qilish maqsadida ijodiy tadbirlar ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan:

ijtimoiy tarmoqlardagi qisqa videolar: onalar uchun ovqatlanishiga oid mutaxassislar va shifokorlar ishtirokida koʻrsatmalar tayyorlash; mijozlar eʼtiborini emizish foydalariga qaratish uchun chakana savdo doʻkonlaridagi javonlarda reklamalar joylash; tibbiyot muassasalarida tashviqot ishlarini olib borish; Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ultratovush tekshiruvi xonalarida, bola ota-onasidan oʻzini ona suti bilan boqishini soʻragan murojaati.

Manbalar

Turkum:Xalqaro tibbiyot va sogʻliqni saqlash tashkilotlari