Basappa Danappa Jatti (1912-yil 10-sentyabr – 2002-yil 7-iyun) – Hindistonning beshinchi vitse-prezidenti, 1974-yildan 1979-yilga qadar ushbu lavozimda faoliyat olib borgan. 1977-yilning 11-fevralidan 25-iyuligacha Hindiston prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. Jatti, shuningdek, Karnataka bosh vaziri boʻlib faoliyat yuritgan. Deyarli oʻn yillik siyosiy faoliyati davomida munitsipalitet aʼzoligidan Hindistonning ikkinchi eng yuqori idorasiga koʻtarilgan.

Hayoti Jatti 1912-yil 10-sentyabrda hozirgi Karnataka shtatida joylashgan Bijapur tumani Savalgi kichik shaharchasida kannada tilida soʻzlashuvchi lingayat oilasida tugʻilgan. Otasi Dasappa Jatti, onasi esa Sangamma boʻlgan. Jatti Jamxandi oʻrta maktabda tahsil olgan. Rajaram kollejida sanʼat yoʻnalishida bakalavr, Kolhapurdagi Sykes yuridik kollejida huquqshunoslik darajasini olgan. Jatti Jamxandi shtat qonun chiqaruvchi organida vazir, keyinchalik bosh vazir lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Faoliyat yuritgan davlat idoralari

1945–1948-yillar – Jamxandida taʼlim vaziri; 1948-yil – Jamxandi bosh vaziri (devon); 1948–1952 – Mumbay shahridagi BG Kher hukumatida parlament kotibi; 1953–1956 – Mumbaydagi Morarji Desay hukumatida sogʻliqni saqlash va mehnat vaziri oʻrinbosari; 1958–1962 – Maysor shtati bosh vaziri; 1962–1968 – Maysor hukumati Vazirlar mahkamasi vaziri; 1968–1972 – Pondicherry leytenant gubernatori; 1972–1974 – Odisha gubernatori; 1974–1979 – Hindiston vitse-prezidenti; 1977-yilda olti oy davomida prezident vazifasini bajaruvchi boʻlib xizmat qilgan.

Shaxsiy hayoti va oilasi Basappa Danappa Jattining nevarasi Dhruv Jatti Hindiston Milliy Kongressi partiyasining vakili va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan notijorat tashkilot hisoblangan Hindiston Talabalar Jamiyatining asoschisi hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Hindiston Prezidentlari Turkum:2002-yilda vafot etganlar Turkum:1912-yilda tugʻilganlar