Sayyid Ali az-Zakiy maqbarasi (arabcha: ضريح كميل بن زياد) – Iroqning Maysan shahridagi Al-Kahla tumanida joylashgan ziyoratgoh. U Ali ibn Abu Tolibning uzoq avlodi boʻlgan va 10-asr islom olimi sifatida tanilgan Sayyid Ali ibn al-Hasanga bagʻishlab qurilgan. Hozirgi bino 2017-yildan beri zamonaviy koʻrinishga ega.

Tarixi Sayyid Ali 10—11-asrlarda vafot etgach, Buvayhiylar sulolasi davrida qabriga ziyoratgoh qurilgan. Oʻshandan buyon ziyoratgoh qarovsiz holatda qolgan, biroq u mahalliy aholi tomonidan tartibga keltirib turilgan. 2017-yilda ziyoratgoh tubdan toʻliq rekonstruksiya qilinib, keng koʻlamli taʼmirlangan. Ushbu yangi restavratsiya Shia ziyoratgohlari Bosh kotibi tomonidan amalga oshirilgan. thumb|Sayyid Ali qabri atrofidagi zarih

Arxitekturasi Maqbaraning kirish eshigi yon tarafida ikkita minora bor. Sayyid Ali qabri gumbaz ostida joylashgan boʻlib, uning qabri atrofida mis va kumushdan yasalgan zarih qurilgan.

Galereya

Yana qarang

Imomzoda Iroqdagi masjidlar roʻyxati Manbalar

Turkum:Iroqdagi maqbaralar