Markus Elieser Blox (; 1723–1799) — Germaniyalik shifokor va tabiatshunos. U dunyo baliqlari haqida ma'lumot ulashuvchi koʻp jildli asari bilan keng tanilgan. Blox yahudiy oilasida tugʻilgan boʻlib, ibroniy tilini ona tili sifatida oʻzlashtirgan, shuningdek, nemis va lotin tillarini ham oʻrgangan. U oʻzining keng tabiatshunoslik kolleksiyasi, ayniqsa, baliq namunalari toʻplami bilan mashhur boʻlgan.
Hayoti Markus Elieser Blox 1723-yilda Germaniyaning Ansbax shahrida tavallud topgan. Uning otasi Torah yozuvchisi, onasi esa kichik doʻkon egasi edi. U dastlab ibroniy adabiyotidan uyda taʼlim oladi va keyinroq Gamburgda jarrohlik sohasida taʼlimini davom ettiradi. Gamburgda u nemis va lotin tillarini oʻrganib, anatomiya boʻyicha chuqur bilimlarga ega boʻladi. Keyinchalik Berlin shahrida tibbiyot yoʻnalishida tahsil olib, 1762-yilda teri kasalliklari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1765-yilda Blox Berlin shahrida doimiy yashash huquqini qoʻlga kiritdi va Ruben Joseph Rintelning qizi Breinxega uylandi. U Berlin shahrida umumiy amaliyotchi shifokor sifatida ishladi. 1773-yilda Blox taniqli faylasuf Moses Mendelssohn bilan birgalikda Berlin Tabiatshunoslik Jamiyatini tashkil etdi va katta tabiatshunoslik kolleksiyasi hamda boy kutubxona yaratdi. Uning rafiqasi Breinxe 1769-yilda vafot etdi, va ularning yagona oʻgʻli ham Parijda sayohat paytida 21 yoshida hayotdan koʻz yumdi. 1774-yilda Blox bankir Jozef Veytel Efrayimning qizi Cheilega uylandi, undan keyin yahudiy jamoatchisi Jeremiya Bendixning qizi Rahelga uylanib, bir oʻgʻil va ikki qiz farzand koʻrdi.
Blox 1782-yilda Karl Linney asarlari taʼsirida baliqlarshunoslikka qiziqib qoladi va shu sohada izlanishlarni boshlaydi. U taxminan 1400 baliq namunasi toʻplagan boʻlib, hozirgi kunda ularning 800 tasi Berlin muzeyida saqlanmoqda. 1782-1784 yillar davomida u Germaniya baliqlari haqida bir qator asarlarni nashr etadi va ularninga aksariyatini oʻz mablagʻlari hisobidan chiqardi. 1797-yilda Blox Parijga baliqlar kolleksiyalarini koʻrish uchun tashrif buyurdi, lekin sayohat davomida uning sogʻligi yomonlashdi va u surunkali insultdan vafot etadi. Blox Berlindagi yahudiy qabristonida, Lichtenstadtda dafn etiladi
Ilmiy merosi Markus Elieser Blox baliqlarshunoslik boʻyicha chuqur va keng qamrovli ilmiy asarlari bilan mashhurdir. U 1782-yildan 1795-yilgacha baliqlar haqidagi 12 jildlik "Ichthyologia" asarini chop etadi. Bu asarning dastlabki uch jildi Germaniya baliqlariga, qolgan 9 jildi esa dunyoning boshqa mintaqalaridagi baliqlarga bagʻishlangan. Bloxning "Systema Ichthologia" asari uning vafotidan soʻng, shogirdi Johann G. Schneider tomonidan nashr etilgan. U kamida 267 yangi baliq turi va 19 yangi turkumni tavsiflab, ilm-fanga ulkan hissa qoʻshgan. Bloxning ilmiy izlanishlari faqat baliqlarshunoslik bilan cheklanmagan. U tabiatshunoslikning boshqa sohalarida ham qator maqolalar yozgan. Ayniqsa, solishtirma anatomiya va fiziologiya boʻyicha yozgan asarlari ham katta eʼtirofga sazovor boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Germaniyalik biologlar Turkum:Germaniyalik olimlar Turkum:Germaniyalik shifokorlar