Kalimantan yoʻlbarsi yoki Borneo yoʻlbarsi Borneo(Kalimantan) orolida tarixdan oldingi davrlarda yashagan va yoʻq boʻlib ketgan yoʻlbars populyatsiyasidir. Tirik Borneo yoʻlbarsi hozirgacha qayd etilmagan, lekin mahalliy Dayak xalqining unga ishonishi va vaqti-vaqti bilan uni koʻrganliklarini aytishgan.
Xususiyatlari 1954-yildan 1966-yilgacha Malayziyaning Saravak hududidagi Niah milliy bogʻida taxminan 750,000 hayvon suyak parchalari qazib olingan. 5 sm (2.0 dyuym) oʻlchamdagi metakarpal suyak boʻlagi yosh yoʻlbarsga tegishliligi aniqlangan. Filippinning Palavan orolidagi Ille gʻoridan qazib olingan ikki suyak parchasi ham shu yoʻlbars turiga tegishli ekanligi tasdiqlangan. Toplimalarning birinchisi chap qoʻldagi ikkinchi barmoqning toʻliq asosiy falanga suyagidan iborat boʻlib, 46.44 mm (1.828 dyum) oʻlchamda boʻlgan; ikkinchisi esa oʻsha barmoqning distal qismi va qoʻlning subterminal falangasi boʻlib, oʻlchami 16.04 mm (0.631 dyum) ni tashkil etgan. Ushbu yoʻlbarsning oʻlchamlari Malay yarim oroli va Hindistonda yashovchi yoʻlbarslarga oʻxshaydi.
Borneo yoʻlbarsi juda kichik oʻlchamda boʻlgan deb hisoblanadi. Mahalliy aholining fikriga koʻra, u Kalimantan qoplonidan kattaroq boʻlgan va jigarrang va nozik chiziqlarga ega boʻlgan.
Xulq-atvori va ekologiyasi Kalimantan yoʻlbarsi ehtimol Kalimantan choʻchqasi, Kalimantan sariq muntjaki va sambar kiyik kabi qoʻton hayvonlarni ovlagan. Mahalliy dayaklarning fikriga koʻra, yoʻlbars daraxtlarga chiqmagan.
Arxeologik yozuvlar
Arxeologik qazishmalar natijasida yoʻlbarsga tegishli boʻlgan yuqori qoziq tish, navikulyar va metakarpal suyak aniqlangan. Shuning uchun yoʻlbarsning Kalimantan orolida Pleistotsen davrining oxiri va Golosensining boshida yashaganligi taxmin qilinadi. Filippinning Palavan orolidan ham bir suyak boʻlagi topilgan. Arxeologlar Pleistotsen davrida ushbu parchalarning turli mintaqalar oʻrtasida savdo qilinganligi ehtimolini kamligini bildirishgan.
Kalimantan oroli Palavan bilan oxirgi va undan avvalgi muzlik davrlarida quruqlik orqali bogʻlangan boʻlishi mumkin. Bu taxmin mintaqadagi molekulyar filogeniyasidan kelib chiqqan holda bildirilgan. Yoʻlbars suyaklari Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda amulet sifatida keng qoʻllangan, shuning uchun Palavanda topilgan yoʻlbars suyaklari boshqa joydan keltirilgan boʻlishi mumkinligi aytiladi.
Shuningdek, yoʻlbarsning Oʻrta Pleistotsen davrida, 420,000-620,000 yil oldin, Balabac boʻgʻozini kesib oʻtgan boʻlishi mumkin, bu vaqt Borneo va Palavan oʻrtasidagi masofa qisqaroq va dengiz sathi bugungidan pastroq boʻlgan davrdir. Ushbu davrda dengiz sathi muzliklarning kengayishi natijasida taxminan −130 m (-430 fut) gacha pasaygan. Bugungi kunga kelib, Palavanda yoʻlbarsning 12,000 yil oldin yashaganligiga dalil mavjud emas.
Qaydlar 1975-yilda Douchan Gersi Indoneziyaning Sharqiy Kalimantanda yoʻlbarsni koʻrganligini daʼvo qilgan. U hayvonning ikki fotosuratini olgan. Ushbu fotosuratlarda yoʻlbars tasvirlangan, ammo fotosuratlarning haqiqiyligi shubha ostiga olingan va uning kelib chiqishi haligacha nomaʼlum boʻlib qolmoqda. Bu asirlikdan qochgan hayvon boʻlishi mumkin. 1995-yilda Markaziy Kalimantandagi mahalliy odamlar yoʻlbars irillashini eshitganini va uning irillashini boshqa hayvonlarnikidan farqlay olganini aytishgan.
Madaniyatda
Uning xotirasi Kalimantan aholisining madaniyatida yoʻlbarsning tana qismlarini meros sifatida saqlash orqali yashab keladi; shu sababli Kalimantan yoʻlbarsi tarixdan oldingi davrlardan keyin ham uzoqroq yashagan boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi. Kenyah, Ngaju va Iban xalqlari orasida yoʻlbars tirnoqlari odamni asrovchi timsol sifatida ishlatilgan. Ehtimol, yoʻlbars tirnoqlari muhim marosimlar uchun yoki nufuzli shaxslar tomonidan taqilgan; hayvonning mavjudligini bildiruvchi soʻzlar, masalan, „aso“ – „it“ yoki „buang / bohang“ – „ayiq“, Kayanik tillarida ishlatilgan. Yoʻlbars anʼanaviy, va zamonaviy oʻymakorliklarda tasvirlangan, shuningdek, toʻqilgan matolarda, gilam va kiyimlarda, Iban pua kumbu kabi kiyimlarda ham yoʻlbarslar tasvirlarini koʻrish mumkin.
Yana qarang
Yoʻlbars populyatsiyasi Bengal yo'lbarsi Hindixitoy yoʻlbarsi Malay yoʻlbarsi Amur yoʻlbarsi Turon yoʻlbarsi Xitoy yoʻlbarsi Bali yoʻlbarsi Yava yoʻlbarsi Sumatra yoʻlbarsi
Manbalar
Turkum:Biologik turlar Turkum:Yirtqichlar Turkum:Mushuksimonlar Turkum:Sutemizuvchilar