Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev (1999-yil 21-dekabr) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, disk va yadro uloqtirish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida oltin hamda 2023-yil Parijda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining oltin medal sohibi.

Hayoti Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev 1999-yil 21-dekabrda tugʻilgan. Faoliyati 2018-yildan beri para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining aʼzosi. Musobaqalarda F37 klassida qatnashadi. Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida oltin medal hamda 2023-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻlgan. 2023-yili Parijda oʻtkazilgan Jahon chempionatida yengil atletikaning yadro uloqtirish boʻyicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan. Mavlonbek Xaydarov qoʻl ostida mashgʻulot olib boradi.

2024-yilgi Parij Paralipiadasida yadro uloqtirish bahsida 16.37 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Mukofotlari 2024-yilda „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari Turkum:Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari