Karki xalqaro aeroporti ( ) – Turkmaniston sharqidagi Lebap viloyatining Karki shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Aeroport viloyati markazidagi Turkmanobod xalqaro aeroportidan keyin ikkinchi aeroport vazifasini bajaradi.
Soatiga 100 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega va bir vaqtning oʻzida ikkita yirik samolyot hamda toʻrtta vertolyotni qabul qila oladi.
Tarixi Karkida aerodrom qurish toʻgʻrisidagi qaror 1946-yilda imzolangan. Dastlabki parvozlar 1946-yilning mart oyida boshlanadi. Karkidan yoʻlovchilar haftasiga bir marta Po-2 samolyotida Ashxobod va Mariga tashilgan. Koʻp yillar davomida samolyot va vertolyotlar asfaltlanmagan yoʻldan Gaurdak, Chorjoʻy, Garametniyaz, Zahmet va boshqa aholi punktlariga uchgan. 1974-yilda temir-beton uchish-qoʻnish yoʻlagi quriladi. Yoʻlak 237 metr (770 fut) balandlikda joylashgan. Yangi aeroport qurib bitkazilgach, dastlabki aeroportdan foydalanish toʻxtatilgan.
Yangi aeroport Qurilishi Karkida yangi aeroport qurilishi 2019-yil may oyida boshlanadi. Mahalliy Gündogdy () kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan qurish 2021-yil may oyida nihoyasiga yetkaziladi.
Faoliyat yuritishi Yangi aeroport 2021-yil 23-iyunda oʻz faoliyatini boshlaydiRaboti po vvodu v ekspluatatsiyu Kerkinskogo aeroporta blizyatsya k zaversheniyu. Ochilish marosimida Turkmanistonning oʻsha vaqtdagi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, hukumat aʼzolari va boshqa siyosatchilar ishtirok etadi. Aeroportga UTAE ICAO kodi hamda KEA IATA kodi beriladi.
Infratuzilmasi Aeroport 200 gektardan ortiq hududni egallaydi. Asosiy terminalda 120 oʻrinli kutish zali, ikkita chiptaxona, birinchi tez tibbiy yordam xonalari, xalqaro aloqa nuqtalari, bagaj kassasi, pochta boʻlimi, bufetlar, CIP zali, ona va bola xonasi, 30 oʻrinli oshxona mavjudPrezident Turkmenistana otkril v Kerki Mejdunarodniy aeroport.
Aeroport aproni bir vaqtning oʻzida ikkita katta samolyot va toʻrtta vertolyotni qabul qila oladi. Infratuzilma favqulodda vaziyatlar va oʻt oʻchirish binosi, texnik blok, nazorat-oʻtkazish punkti, maxsus mashinalar uchun garaj hamda boshqa yordamchi inshootlarni oʻz ichiga oladi. Aeroport majmuasida yoʻlovchilar va aeroport xodimlari uchun avtoturargoh hamda avtobus bekati mavjud.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Yana qarang Turkmaniston aeroportlari roʻyxati Turkmanobod xalqaro aeroporti
Manbalar
Havolalar Airport technical estimate Photos of project
Turkum:Turkmaniston aeroportlari Turkum:Lebap viloyati Turkum:Karki