Abdurahmon Xoltojiyev (1957-yil 14-sentabr, Margʻilon) — oʻzbek sozandasi, chang va qonun cholgʻulari ijrochisi hamda pedagog. 1998-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan.

Hayoti Abdurahmon Xoltojiyev 1957-yil 14-sentyabrda Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida tavallud topgan. 1983-yildan maqol ansamblida faoliyati yuritadi.1968–1972-yillarda Margʻilondagi 2-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida Baxtiyor Tillaboyev va Sharofiddin Ismoilovdan chang cholgʻusini oʻrgangan. Shu davrda Komiljon Mirzayev rahbarligidagi „Doʻstlik“ bolalar ansamblida faoliyat yuritgan.

1972-yilda Fargʻona musiqa bilim yurtiga oʻqishga qabul qilingan, u yerda Mamasiddiq Madaliyev va Faxriddin Sodiqov shogirdlari taʼlimini olgan. 1976-yilda Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining Sharq musiqasi kafedrasiga ansambl bilan qabul qilingan va Sulaymon Taxalov, Tuygʻun Otaboyev kabi ustozlardan dars olgan. 2002-yildan hozirgacha maqom ansamblida musiqa rahbari boʻlib faoliyat yuritmoqda.

Faoliyati 1981-yillarda Ozarbayjonda qonun cholgʻusi ijrochiligini oʻrganib, ushbu cholgʻuni Oʻzbekistonga olib kirgan va keng targʻib qilgan. 1983-yildan Oʻzbekiston teleradio kompaniyasi hamda „Maqom“ ansamblida faoliyat yuritgan.

1985-yildan Sherali Joʻrayev bilan birgalikda ijod qilib, mamlakat ichida va tashqarisida konsertlarda ishtirok etgan. 1987-yildan boshlab Toshkent davlat konservatoriyasi hamda boshqa musiqiy taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borgan; uning shogirdlari Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlarda faoliyat yuritadi.

Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist 2026-yil 28-mayda Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar