Aleksey Konstantinovich Uzenyuk (1994-yil 9-iyul, Chaykovskiy, Novosibirsk), Eldjey taxallusi bilan mashhur boʻlgan rossiyalik reper.

Hayoti Aleksey 1994-yil 9-iyulda Novosibirskda tugʻilgan. Otasi – Konstantin Semyonovich Uzenyuk – tadbirkor, „Biznes-Metall“ MCHJ bosh direktori. Alekseyning Danil ismli akasi bor.

U oʻz faoliyatini bir nechta yakkaxon hip-hop albomlarini yozish bilan boshlagan. Reperning debyut yakkaxon ishi 2014-yilda chiqarilgan „Boshki dimyat“ albomi boʻlgan. 2016-yilda Eldjeyning „Katakomba“ nomli ikkinchi albomi chiqdi.

2017-yil boshlariga kelib, Eldjeyning tashqi koʻrinishi oʻzgardi va reperning yangi uslubi Zef va Die Antwoord uslublariga yaqinlashdi. 2016-yil oktyabr oyida TNT Music kanaliga bergan intervyusida Eldjey uning musiqadagi oʻzgarishlariga nima taʼsir qilganini aytdiIntervyu Eldjeya v programme FunBox – TNT Music. 2016-yil 15-sentyabrda iTunesda ijrochi Kravs bilan birgalikda birinchi „Diskonnekt“ singli taqdim etildi. 2016-yil 7-oktyabrda Sayonara BoyAllj – „Sayonara Boy“  – Trap. Ru albomi chiqdi, u Apple Music va iTunes rus chartida muvaffaqiyatli debyut qildi va u yerda ikkinchi oʻrinni egalladi.

2017-yil 22-iyunda oʻzining yangi Sayonara Boy ろPatsanskiy dens v novom albome Eldjeya „Sayonara Boy 3“  – The Flow albomini faqat VKontakte ijtimoiy tarmogʻi uchun chiqardi. Apple Music va iTunesda albom 2017-yil 24-iyunda paydo boʻldi. Albomning birinchi singli 2017-yil 1-yanvarda chiqarilgan „FckuDJ“ treki edi. Ikkinchi singl 2017-yil 13-iyunda chiqarilgan „Rvanie djinsi“ treki boʻldi: bir necha kun ichida trek „VKontakte“ ning eng mashhur trekiga aylandi va birinchi oʻrinni egalladi. Shunday qilib, 2017-yil oxiriga kelib, Eldjeyning oltita studiya albomi bor edi, ularning oxirgisi Sayonara Boy ろ boʻlgan.

Rozovoye vino 2017-yil 5-avgustda Eldjey moskvalik rep-ijrochisi Feduk bilan birgalikda „Rozovoye vino“ yangi singlini chiqardi. Trek bir necha kun ichida iTunes va Apple Music-da yetakchi oʻrinlarni egalladi, shuningdek, „VKontakte“ning eng mashhur qoʻshigʻiga aylandiVKontakte nazvala samie populyarnie pesni uxodyaщego goda  – Esquire. Oʻsha paytda Eldjey butun Rossiyada mashhurlikka erishdi, chunki „Rozovoye vino“ yilning asosiy rus tilidagi xitlaridan biriga aylandi.

VKontakte ijtimoiy tarmogʻi maʼlumotlariga koʻra, yil davomida qoʻshiq 200 million martadan ortiq tinglangan.

Shaxsiy hayoti 2018-yilda Eldjey videobloger va teleboshlovchi Nastya Ivleyeva (1991-yil 8-martda tugʻilgan) bilan uchrashishni boshladi. 2019-yil 5-sentyabrda ular turmush qurishdi. 2021-yil 9-iyulda juftlik ajralishganlari haqida eʼlon qilishdi.

Videografiyasi GodNazvanieDrugoy ispolnitelAlbomRejissyor2015Boshki dimyatsyaVlad Kozlov2016Aleksey Rojkov2017KravsSayonara BoyKOSMODROMESayonara Boy ろDaniel KimFedukAlina PyazokChyornoe kinoArche Versace2018Aysultan SeitovSayonara Boy XMaks ShishkinMedet ShayaxmetovMax ShishkinChyornoe kinoArche VersaceSortaThis ls SortaMax Shishkin2019Sayonara Boy 143Era IstrefiMedet Shayakhmetov2020Don DiabloFeliks UmarovMorgenshternYan Boxanovich, Roma NexodaDevid Binsen ()Yan Boxanovich2021GexSorry JesusBaby BuntGosha Gap i Pavel MatusyaPoshlaya MolliNikita KvasnikovRakhimAytore Joldaskali2022Kontra KMorgenshternLast OneAleksey Romanov2023Sayonara BolMax ShishkinMorgenshtern, ArutNikita Vilchinskiy

Manbalar

Turkum:Rus reperlari Turkum:TikTokerlar