Nissan Motor Corporation (yaponcha: 日産自動車株式会社 Nissan Jidōsha kabushiki gaisha) – Yaponiyaning Yokohama, Kanagava shahrida joylashgan transmilliy avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya. Kompaniya oʻz avtomobillarini Nissan va Infiniti brendlari ostida sotadi. Avvallari avtomobillar Datsun brendi orqali sotilgan. Kompaniya oʻzining sport avtomobillari va boshqa mahsulotlarini Nismo va Autech brendlari orqali taqdim etadi. Nissan tarixi XX asr boshlariga, Nissan zaibatsusiga, hozirgi kunda Nissan Group deb ataladigan guruhga borib taqaladi.

1999-yildan beri Nissan Renault-Nissan-Mitsubishi alyansining bir qismi boʻlib keladi (Mitsubishi 2016-yilda qoʻshilgan). Bu alyans Nissan va Yaponiyaning Mitsubishi Motors kompaniyalari, shuningdek, Fransiyaning Renault kompaniyasi oʻrtasidagi hamkorlikka asoslangan. Renault Nissan kompaniyasining 15% ovoz berish huquqiga egalik qiladi, Nissan esa Renaultda xuddi shunday ulushga ega. 2016-yilning oktabridan beri Nissan Mitsubishi Motors kompaniyasining 34% nazorat ulushini qoʻlga kiritgan .

2017-yilda Nissan dunyodagi oltinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi bo‘lgan. Kompaniya Toyota, Volkswagen Group, Hyundai Motor Group, General Motors va Forddan keyingi o'rinda turgan. 2014-yilda Nissan Shimoliy Amerikadagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan. 2022-yilda Nissan kompaniyasining daromadi 78 milliard AQSh dollarini tashkil etdi va u dunyodagi to‘qqizinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi. Shuningdek, kompaniya Xitoy, Rossiya va Meksikadagi eng katta yapon brendi hisoblanadi. Nissan dunyo bo‘yicha elektr avtomobillar (EV) ishlab chiqarishda yetakchilik qiladi. Kompaniya 320 000 dan ortiq elektr avtomobillarini sotgan.

Tarixi

Datsun brend nomining 1914-yildan boshlanishi

Masujiro Xashimoto (橋本増治郎) 1911-yil 1-iyulda Tokioning Azabu-Xiroo tumanida Kwaishinsha (Kaishinsha) Motor Car Works (yaponcha: 快進社自働車工場 Kwaishinsha jidōsha kōjō) nomli avtomobil zavodiga asos solgan. 1914-yilda kompaniya o‘zining birinchi mashinasini ishlab chiqardi, u DAT deb nomlangan.

Yangi avtomobilning modeli kompaniya sarmoyadorlarining familiyalaridan iborat qisqartma edi:

Kenjiro Den (yaponcha: 'Den Kenjirō') Rokuro Aoyama (yaponcha: 'Aoyama Rokurō') Meitaro Takeuchi (yaponcha: 'Takeuchi Meitarō')

1918-yilda kompaniya nomi Kaishinsha Motorcar Co., Ltd. ga o‘zgartirildi va 1925-yilda DAT Jidosha & Co., Ltd. (DAT Motorcar Co.) deb qayta nomlandi. DAT Motors yuk mashinalarini, shuningdek, DAT va Datsun yengil avtomobillarini ishlab chiqardi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning katta qismi yuk mashinalari edi. Chunki o‘sha davrda yengil avtomobillar uchun iste'mol bozori deyarli mavjud emas edi. Yana bir sabab 1923-yilda sodir bo‘lgan Buyuk Kantō zilzilasi tufayli qayta tiklash ishlari olib borilayotgan edi. 1918-yildan boshlab, birinchi DAT yuk mashinalari harbiy bozor uchun ishlab chiqarilgan. Shu bilan birga, Jitsuyo Jidosha Co., Ltd. (jitsuyo "amaliy foydalanish yoki foyda" degan ma'noni anglatadi) AQShdan keltirilgan qismlar va materiallardan foydalanib kichik yuk mashinalarini ishlab chiqargan.

Yaponiyaning Birinchi jahon urushida ishtirok etishi sababli tijorat operatsiyalari to‘xtatildi va kompaniya urush harakatlariga o‘z hissasini qo‘shdi.

1926-yilda Tokioda joylashgan DAT Motors Osaka shahrida joylashgan Jitsuyo Jidosha Co., Ltd (yaponcha: Jitsuyō Jidōsha Seizō Kabushiki-Gaisha) bilan birlashdi. 1932-yilgacha kompaniya Osakada DAT Jidosha Seizo Co., Ltd (yaponcha: ダット自動車製造株式会社 DAT Jidōsha Seizō Kabushiki-Gaisha) nomi ostida ishladi. 1923-yildan 1925-yilgacha kompaniya Lila nomi ostida yengil avtomobillar va yuk mashinalarini ishlab chiqardiThe Complete Encyclopedia of Motorcars 1885 to the Present Edited by G. N. Georgano; 1968; E. P. Dutton and Company; New York, NY. 1929-yilda DAT Automobile Manufacturing Inc. IHI Corporation kompaniyasining ishlab chiqarish bo‘limidan ajratilgan qismi bilan birlashdi va Automobile Industries Co., Ltd ga aylandi.

1931-yilda DAT yangi kichikroq avtomobilni chiqardi. U Datsun Type 11 deb nomlangan. "Datson" "DATning o‘g‘li" ma'nosini bildirardi. Keyinchalik, 1933-yilda Nissan Group zaibatsu DAT Motorsni nazoratga olganidan so‘ng, "Datson" nomining oxirgi bo‘g‘ini "sun" deb o‘zgartirdi. Chunki yapon tilida "son" so‘zi "yo‘qotish" ma'nosini ham anglatadi. Shuning uchun nom "Datsun" (yaponcha: ダットサン Dattosan) deb o‘zgartirildiCusumano page 33.

1933-yilda kompaniya nomi yaponlashtirilib, Jidosha-Seizo Co., Ltd. (yaponcha: Jidōsha Seizō Kabushiki-Gaisha) deb nomlandi va kompaniya Yokohama shahriga ko‘chirildi.

Manbalar __TOC__