Yorqishloq jome masjidi – Andijon viloyati, Jalaquduq tumani Yorqishloq shaharchasida joylashgan masjid. 1999-yil 30-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1991-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Qurilishi Masjid binosi 2000-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Binoda bir vaqtning oʻzida 1500 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 200dan ortiq ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud. 2020-yilda masjid xonaqosi joriy taʼmirdan chiqarilgan.
Masjidning 2 ta minorasi mavjud boʻlib, ularning balandligi 20,5 metrni tashkil etadi. Minoralar 2022-yilda masjid hisobidan qurilgan.
Masjidga uzoq yillarda buyon Muntazamjon Azimov imomlik qilib kelmoqda. Manbalar
Turkum:Jalaquduq tumani Turkum:Andijon viloyati masjidlari Turkum:Jalaquduq tumanidagi masjidlar