Olesya Vladimirovna Yaroslavskaya (koʻproq Lesya Yaroslavskaya nomi bilan tanilgan; 1981-yil 20-mart, Severomorsk, Murmansk viloyati, SSSR) – rossiyalik estrada xonandasi, „Tutsi“ guruhining solisti, 2004-yilda „fabrika zvyozd“ (Birinchi kanal) musiqiy estrada realiti shousining bitiruvchisi.
Hayoti Olesya Yaroslavskaya 1981-yil 20-martda Murmansk viloyatining yopiq shahri Severomorskda tugʻilgan. Olesyaning otasi harbiy xizmatchi, onasi esa musiqachi boʻlgan. Ota-onasi unga Belarus VIA „Syabri“ repertuaridagi mashhur „Alesya“ qoʻshigʻi sharafiga Olesya deb ism qoʻyishgan. Vokal oʻqituvchisi boʻlgan onasi Irina, qiziga yoshligidan musiqaga muhabbat uygʻotgan va toʻrt yoshida Olesyani birinchi marta Severomorsk Madaniyat saroyi sahnasiga olib chiqib, u bilan birgalikda „Nenujniye pisma“ qoʻshigʻini ijro etgan. 1988-yilda qiz ota-onasi bilan Moskva viloyatining Naro-Fominsk shahriga koʻchib oʻtadi.
Naro-Fominskdagi 3-sonli bolalar musiqa maktabida pianino sinfida tahsil olar ekan va garnizon ofitserlar uyining turli toʻgaraklarida shugʻullanib, qiz doimiy ravishda shaharda boʻlib oʻtadigan konsertlarda qatnashadi. Keyinchalik Lesya Naro-Fomin tumani „Zvezda“ madaniyat saroyi qoshidagi „Zvezda“ vokal va estrada studiyasida shugʻullana boshlaydi va turli xil qoʻshiqchilik va musiqa tanlovlari va festivallarida qatnashadi. U yerda oʻzining birinchi ijodiy mukofotlarini qoʻlga kiritadi.
Lesya boshqa sanʼatkorlar bilan birgalikda Moskva va Moskva atrofidagi konsert maydonchalarida tez-tez chiqish qiladi, gastrollarda boʻladi. 1996-yilda u yoshlar ishlari boʻlimidan Shimoliy flotga konsertlar bilan bordi, oʻzining tugʻilgan shahri Severomorskda Sovet Ittifoqi flotining admirali Kuznetsov samolyot tashuvchisida chiqish qildi. Yosh qoʻshiqchi „Viktoriya“ (1998), „Zolotoy mikrofon“ tanlovlari, „Vivat, Pobeda!“ Moskva xalqaro armiya qoʻshiqlari festivali va boshqa tanlovlar va musiqa festivallarida gʻolib boʻldi.
Yakkaxon qoʻshiqlari
Sinie Glaza Vernis Ne so mnoy Serdse volnuetsya Razbudi lyubov Vidixay Stan moim mujem Sochnoe leto Dalee bez menya Kogda oni vdvoyom (feat Aleksandr Ayvazov) Ishu tebya Ishu tebya (feat SOBON)
Videografiyasi „Tutsi“ guruhi tarkibida:
Samiy-samiy (2004) Ya lyublyu ego (2005) Gorkiy shokolad (2006) Sto svechey (2006) Sama po sebe (2006) Kapuchino (2007)
Yakkaxon:
Ne so mnoy (2011) Serdse volnuetsya (2012)) Razbudi lyubov (2013) Vidixay (2013) Stan moim mujem (2015) Manbalar
Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Murmansk viloyatida tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar