Nordon gaz – tabiiy gaz tarkibidagi vodorod sulfid (H2S) miqdori yuqori boʻlgan gazPipeline Definitions Railroad Commission of Texas.. Biron bir hududda aniqlangan tabiiy gaz tarkibida 5,7 milligrammdan ortiq vodorod sulfid aniqlansa, bunday gaz nordon gaz deb yuritiladiPermit by Rule Chapter 106 - July 31, 2008 Scroll down to PDF page 38 of 58 PDF pages.. Biroq, bu koʻrsatkichlar mintaqalarga qarab turlicha farq qiladi. Ayrim hollarda „kislotali gaz“ atamasi „nordon gaz“ atamasi oʻrnida ishlatiladi, aslida esa, „kislotali gaz“ atamasi umumiy holatda tarkibida vodorod sulfid boʻlgan gazlarga nisbatan ishlatiladi. Bunda qancha miqdorda (H2S) borligi ahamiyatga ega boʻlmaydi. Nordon gaz zaharli boʻlishidan tashqari, maʼlum miqdorda quvurlarga ham ziyon yetkazadi. Aniqlanishicha, Kanadadagi bir quduqda aniqlangan gaz tarkibida 90% miqdorda vodorod sulfid mavjud boʻlgan. Chuchuklashtirish Neftni qayta ishlash va gazni qayta ishlash zavodlari nordon gaz tarkibidagi vodorod sulfidni kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Bunda gaz tarkibiga aminlarni aralashtirgan holda, vodorod sulfid oltingugurtga aylantirib olinadi. Ayrim zavodlaridagi chuchuklashtirish ishlarida aminlar oʻrnida karbonilsulfidlar ishlatiladi. Yana qarang Tabiiy gaz Mustaqillikning 25 yilligi koni Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Nordon gaz · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.