Garrett Erin Reisman (1968-yilning 10-fevralida tugʻilgan) – amerikalik muhandis va NASAning sobiq astronavti. U oʻn beshinchi ekspeditsiya zaxira ekipaj aʼzosi boʻlgan va oʻn yettinchi ekspeditsiya aʼzosi boʻlishdan oldin qisqa vaqt davomida Xalqaro kosmik stansiyada oʻn oltinchi ekspeditsiyaga qoʻshilgan. U 2008-yilning 14-iyunida STS-124 bortining Discovery kosmik kemasida yerga qaytib kelgan. Garrett 2010-yilning 14-mayidan 26-mayigacha Atlantis kosmik kemasi bortida Xalqaro kosmik stansiyaga sayohat qilgan STS-132 missiyasining aʼzosi boʻlgan. U SpaceX konsultanti va Janubiy Kaliforniya universitetining Viterbi muhandislik maktabida astronavtika amaliyoti professori lavozimida ishlagan.

Hayoti va ijodi Reisman New-Jersey shtatining Morristown shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan. 1986-yilda Parsippany oʻrta maktabini tugatgandan soʻng, Wharton maktabi va Pensilvaniya universitetidagi muhandislik va amaliy fanlar maktabiga qatnagan. 1991-yilda u universitetda iqtisodiyot, shuningdek, mashinasozlik va amaliy mexanika boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Keyinchalik Garrett Kaliforniya Texnologiya Institutida (Caltech) oʻqigan va u mashinasozlik sohasi boʻyicha 1992-yilda magistrlik va 1997-yilda doktorlik darajasini olgan. Caltechda u Christopher E. Brennan va NASAning yana bir boʻlajak astronavti Bob Behnken bilan tanishgan. Keyinchalik ikkala astronavt ham STS-123 da birgalikda koinotga birinchi parvozini amalga oshirishgan.

NASA dagi faoliyati 2003-yilning iyun oyida Reisman Aquarius suv osti laboratoriyasida NEEMO 5 missiyasi davomida akvanavt boʻlib xizmat qilgan va oʻn toʻrt kun davomida suv ostida yashab, ishlagan.

Ekspeditsiya 16/17 thumb|Garrett Reisman STS-123 paytida Space Shuttle Endeavourni oʻrta palubasida Reisman Xalqaro kosmik stansiyada uzoq muddatga ekipaj sifatida tayinlangan. U 2008-yilning 11-martida STS-123 (Space Shuttle Endeavour) parvozida 5-raqamli missiya mutaxassisi sifatida kosmosga uchgan. Stansiyaga yetib borgach, u missiyaning birinchi ochiq kosmosga chiqishida ishtirok etgan. Reisman oʻn oltinchi va oʻn yettinchi ekspeditsiya davomida ikkinchi darajali parvoz muhandisi sifatida stansiyada qolgan. U oʻz vazifasini yakunlagach, 2008-yilning 14-iyunida STS-124 kosmik kemasi bortida 5-raqamli missiya mutaxassisi sifatida Yerga qaytib keldi. Xalqaro kosmik stansiyada boʻlgan paytida u ikki marta kosmik shatllarni kelganiga guvoh boʻlgan. Shuningdek, Special Purpose Dexterous Manipulator (SPDM) va yapon eksperimental moduli boʻlgan „Kibo“ning bosimni aniqlash qismining oʻrnatilishini oʻrgangan.

Reisman Xalqaro kosmik stansiyada xizmat qilgan birinchi yahudiy ekipaj aʼzosi edi. U 2008-yilning may oyida Isroilning 60-yillik mustaqillik bayrami munosabati bilan kosmosdan turib Isroil xalqiga tabrik yoʻllagan. Shuningdek, u stansiyada boʻlgan paytida „Kosmik stansiya ekipaji aʼzosining bir kunlik hayoti“ nomli qiziqarli, yuqori sifatli video tayyorlagan va oʻsha vaqtda boʻsh turgan katta Kibo boʻlimida insonlar orbital kosmosning past tortishish kuchida „suzish“ mumkin emasligini koʻrsatib bergan.

STS-132 Reisman 2010-yilning 14-mayidan 26-mayigacha Atlantis kosmik kemasi bortida Xalqaro kosmik stansiyaga sayohat qilgan STS-132 missiyasining aʼzosi boʻlgan. U ushbu missiya davomida ikkita kosmik parvozda qatnashgan. Garrett 2008-yilning 11-martida STS-123 (Endeavour kosmik kemasi) missiyasida 5-raqamli missiya mutaxassisi sifatida kosmosga uchgan. Kosmik kema orbital stansiyaga ulanganidan soʻng, u missiyaning birinchi ochiq kosmosga chiqishida ishtirok etgan.

NASAdan keyingi faoliyati 2011-yilning 4-martida SpaceX Reisman kompaniyaga katta muhandis sifatida ish boshlashini eʼlon qilgan. Uning vazifasi kosmonavtlar xavfsizligi va missiyasini taʼminlash boʻlgan. Keyinchalik u ekipaj operatsiyalari boʻyicha direktor lavozimiga koʻtarilgan. 2018-yilning 31-mayida Reisman SpaceXdagi lavozimini tark etishini aytib, faqatgina „maslahatchi“ boʻlib qolishini eʼlon qilgan. U Janubiy Kaliforniya universitetida inson kosmik parvozi boʻyicha dars berish imkoniyatini qoʻldan boy bera olmasligini taʼkidlagan.

Ommaviy madaniyat "Colbert Universe"ning aʼzosi boʻlgan Reismanning 2008-yilning 8-may kuni "The Colbert Report" koʻrsatuvining bir qismida „WristStrong“ bilaguzugini taqib yurganini koʻrilgandan soʻng, kosmosdan jonli intervyu bergan. 2008-yilning 24-iyulida Yerga qaytgach, Reisman kechaning maxsus mehmoni sifatida „The Colbert Report“ koʻrsatuvida shaxsan ishtirok etgan. Reisman Stephen Colbertga kosmosda taqib yurgan „WristStrong“ bilaguzugini sovgʻa qilgan. Reisman „The Colbert Report“ koʻrsatuvining soʻnggi qismida ham qatnashgan.

Reisman Battlestar Galactica serialining final epizodi uchun mustamlakachi dengiz piyodasi sifatida qisqa rol ijro etgan. Space.com nashrining xabar berishicha, uning kimdir uning ustida qayd qilganidan keyin uning vafot etgan sahnasi 2009-yilning 20-martidagi efirga uzatilgan epizodning yakuniy tahririda boʻlmasligi mumkin.

Efirga uzatilgan soʻnggi epizoddagi podkastda prodyuser Ron Moore kadrning orqa fonidagi Raptor yadroviy qurol(vayron qilinishidan biroz avval)ni ishga tushirishga tayyorlayotgan joyda koʻrinib qolgan odamlardan biri Reisman boʻlganligini tasdiqlagan.

2019-yil iyul oyida prodyuser Ron Moore Reisman bilan Sovet Ittifoqi AQShdan oldin odamlarni Oyga qoʻndirgan vaqt jadvalini muhokama qilgandan soʻng oʻzining " Butun insoniyat uchun " muqobil realiti-seriyasini yaratgani haqida xabar bergan. Reisman, shuningdek, shouning texnik maslahatchisi boʻlib ishlagan va 2- mavsumning 2-epizodida mehmon va Oy kosmik kemasi kapitani sifatida ishtirok etgan. Reisman 2020-yilning 8-fevrailda Joe Rogan tajribasida ham qatnashgan.

Reisman aktrisa Jane Krakowskining sinfdoshi boʻlgan. 2010-yilning may oyida Krakowski The Tonight Show with Jay Leno koʻrsatuvida Reisman Space Shuttle Atlantisda boʻlganida u bilan elektron pochta orqali xabarlashganini aytgan. Aksar qismi 30 Rockning muxlislaridan iborat boʻlgan ekipaj aʼzolarining iltimosiga koʻra, Krakowski dastur ssenariysiga dastxat qoʻyib bergan va ular keyinchalik bu ssenariyni fazoga oʻzlari bilan birga olib ketishgan.

Manbalar

Havolalar

Garret Reismanning kosmik faktlar tarjimai holi Kosmik stansiya kosmonavtining hayotidagi bir kun, Garret Reisman tomonidan suratga olingan

Turkum:Kosmonavtlar