Testament of Youth — 2014-yilda suratga olingan Britaniya dramasi boʻlib, Vera Brittainning 1-jahon urushi haqidagi shu nomli asariga asoslangan. Filmda bosh rolni Alicia Vikander ijro etib, Vera Brittain obrazini gavdalantirgan. Vera Oxforddagi Somerville kollejidagi oʻqishini tashlab, urush hamshirasi boʻlishga qaror qilgan ayol sifatida tasvirlangan. Filmga James Kent rejissyorlik qilgan. Ssenariy Juliette Towhidi tomonidan yaratilgan.

Rollarda

Alicia Vikander Vera Brittain rolida Kit Harington Roland Leighton rolida Colin Morgan Victor Richardson rolida Taron Egerton Edward Brittain rolida Dominic West Janob Brittain rolida Emily Watson Brittain xonim rolida Joanna Scanlan Belle xola rolida Hayley Atwell Hope rolida Jonathan Bailey Geoffrey Thurlow rolida Alexandra Roach Winifred Holtby rolida Anna Chancellor Leighton xonim rolida Miranda Richardson Miss Lorimer rolida Charlotte Hope Betty rolida Daisy Waterstone Clare Leighton rolida

Ishlab chiqarish jarayoni

2009-yil fevral oyida BBC Films tomonidan Vera Brittainning „Testament of Youth“ nomli asari asosida badiiy film yaratish ishlari olib borilayotgani eʼlon qilingan. Asarda Birinchi jahon urushi davridagi ayollar boshidan kechirgan qiyinchiliklari yoritilgan. 1979-yilda BBC asarni besh qisimli televizion serial sifatida BBC2 telekanalida namoyish qilgan. Ushbu serialda Cheryl Campbell Vera Brittain rolini gavdalantirgan.

Film yaratilishi Vera Brittaynning qizi Shirley Williams hamda Veraning tarjimai holi yozuvchisi hamda muharririlari boʻlgan Mark Bostridge tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Bostridge film uchun maslahatchi sifatida ishlagan. Heyday Films kompaniyasi prodyuserlari David Heyman va Rosie Alison BBC bilan hamkorlikda filmga prodyuserlik qilishi, Juliette Towhidi esa filmga ssenariy yozishi belgilangan. 2014-yil 4-fevralda Protagonist Pictures kompaniyasi xalqaro savdolarni amalga oshirish uchun loyiha bilan shugʻullanishga qoʻshilgan hamda Berlinda boʻlib oʻtgan xalqaro kinofestivalda filmni namoyish qilgan.

Kasting Dastlab Vera Brittain rolini Saoirse Ronan ijro etishi rejalashtirilgan. 2014-yil 4-fevralda Kit Harington Brittainning kuyovi Roland Leyton rolini ijro etish uchun aktyorlar safiga qoʻshilgan. 2014-yil 13-fevralda esa Colin Morgan, Alexandra Roach va Taron Egerton filmda rol oʻynashlari eʼlon qilingan. Suratga olish jarayoni boshlanganida Dominic West, Emily Watson, Joanna Scanlan, Hayley Atwell, Jonathan Bailey va Anna Chancellorlar filmda rol ijro etishlari tasdiqlangan.

Suratga olinishi Asosiy suratga olish ishlari 2014-yil 16-martda London, Oxsford va Yorkshireda boshlangan. Somervilleda film voqealari davridan soʻng koʻplab yangi binolar qurilgani sabab Brittainnning Somervil kollejida oʻqigan davrini aks ettiruvchi sahnalar uchun Oxforddagi Merton kolleji tanlangan.

Temir yoʻl stansiyasidagi sahnalar, poyezd ichidagi lavhalar hamda temir yoʻl kafesidagi sahnalar Keighley temir yoʻl stansiyasida suratga olingan. Bu uchun Keighley va Worth Valley temir yoʻllari maxsus poyezdlar taqdim etgan.

Colin Morgan urushda koʻzi koʻr boʻlib qolgan Victor Richardson rolini ijro etish uchun sobiq harbiy erkak va ayollar bilan suhbatlar oʻtkazgan. Colin Blind Veterans UK xayriya tashkiloti bilan bogʻlanib, bir kunni xayriyaning Brighton markazida oʻtkazgan. U yerda koʻzi ojiz faxriylarga beriladigan oʻquv mashgʻulotlarini koʻzlari bogʻlangan holda amalga oshirgan. Musiqa Dastlab Mark Bradshow film uchun musiqa yaratishi rejalashtirilgan. Biroq keyinchalik bu vazifa Max Richterga topshirilgan.

Tarqatilishi Marketing 2014-yil 1-avgustda filmning ilk treyleri taqdim etilgan. 2014-yil 10-noyabrga kelib film uchun ikkinchi treyler ham taqdim etilgan.

2014-yil 4-dekabrda Mark Bostridge muallifligidagi Vera Brittain and the First World War: The Story of Testament of Youth asari Bloomsbury Publishing tomonidan chop etilgan. Asarga film yaratilishi haqida maʼlumotlar alohida bir boʻlim sifatida kiritilgan.

Premyerasi 2015-yil 16-yanvarda film Buyuk Britaniyada keng miqyosda premyera qilingan. 2014-yil 14, 16 va 17-oktabr kunlari Britaniya Filmlar Instituti tomonidan Londonda tashkil etilgan The Centrepiece Galada film ilk bor premyera qilingan. 2015-yil 16-yanvarda Sony Pictures kompaniyasi Classics Protagonist Picturesdan Shimoliy hamda lotin Amerikasi va Osiyoda filmni tarqatish huquqini sotib olgan. Film AQShda 2015-yil 5-iyunda, Fransiyada esa 2015-yil 24-iyunda namoyish etilgan.

Qabul qilinishi Tanqidiy qabul Testament of Youth filmi premyeradan soʻng yaxshi qabul qilingan. Rotten Tomatoes saytida film 125 ta film tanqidchisidan 84% i filmni ijobiy baholaganini, oʻrtacha reyting esa 7/10 ekanligini xabar qilgan. Metacritic esa, asosiy tanqidchilardan olingan 34 ta sharh asosida filmga 100 ballik tizimda 77 ball bergan. CinemaScore tomonidan oʻtkazilgan auditoriya soʻrovlarida film „B“ bahosini olgan.

Mukofotlari Yili Sovrin Turkum Qabul qiluvchilar Natija Ref 2014-yil British Independent Film Awards Best Actress Alicia Vikander London Film Festival Best British Newcomer Taron Egerton 2015-yil London Critics Circle Film Awards Breakthrough British Filmmaker James Kent 2016-yil Alliance of Women Film Journalists Best Breakthrough Performance Alicia Vikander Manbalar

Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Lionsgate filmlari