Demon Slayer – (yaponchada:鬼滅の刃) – Koyoharu Gotouge chizgan manga asosiad Ufotable kompaniyasi tomonidan suratga olingan Yapon animatsion seriali. Voqealar butun oilasini maxluq yeb ketgan va tirik qolgan ammo maxluqqa aylangan singlisi Nezukoni qutqarish uchun yoʻlga chiqqan oʻsmir yigit Tanjiro Kamada haqida.
Serialning birinchi mavsumi 2019-yil aprel oyida Tokio MX tomonidan premyera qilingan. Serialning Ikkinchi mavsumini boʻlsa premyerasini Fuji TV efirda namoyish qilgan. Shimoliy Amerikada film Aniplex of America kompaniyasi tomonidan litsenziyalashtirilgan va Crunchyroll, Hulu va Funimation platfromalarida efirga uzatilgan. Serial ingliz tilida Adult Swimning Toonami dasturlash blokida namoyish etilgan.
Birinchi mavsum muvaffaqiyatli chiqqanidan soʻng, ikkinchi mavsum Demon Slayer: Kimetsu no Yaiba – Mugen Train 2020-yil oktyabr oyida namoyish etilgan, uchinchi mavsum demo Slayer: Swordsmith Villagega va toʻrtinchi mavsum Demon Slayer – Hashira Trening, 2023-yil fevral va 2024-yil fevral oylarida namoyish etilgan.
Serial ssenariysi, animatsiyasi, qahramonlar va ovozlashtirish kabi yoʻnalishlarda bir nechta nomdor sovrinlarda ishtirok etgan va 2010-yildan beri chiqarilgan animelar ichida eng yaxshisi deb topilgan.
Qahramon va xarakterlar Demon slayer animatsion seriali qahramonlari roʻyhati. +NomlariYapon tilidaIngliz tilidaAsosiy qahramonlarTanjiro Kamado ()Natsuki Hanae SatōZach AguilarAllegra Clark Nezuko Kamada ()Akari KitoAbby TrottZenitsu Agatsuma()Hiro ShimonoAleks LeInosuke Hashibira ()Yoshitsugu MatsuokaBryce PapenbrookKanao Tsuyuri()Reina UedaBrianna KnickerbockerGenya Shinazugawa ()Nobuhiko OkamotoZeno RobinsonIkkinchi darajali qahramonlarGiyu Tomioka ()Takahiro SakuraiJohnny Yong BoschShinobu Kocho ()Saori HayamiErika Harlacher Kyojuro Rengoku ()Satoshi Hino Ise Mark UitenRyan Bartli Tengen Uzui ()Katsuyuki KonishiRay ChesMitsuri Kanroji ()Kana HanazawaKira BucklandMuichiro Tokito ()Kengo KawanishiGriffin yondirildiSanemi Shinazugawa ()Tomokazu SekiKaiji TangObanai Iguro ()Kenichi SuzumuraErik Scott KimererGyomei Himejima ()Tomokazu SugitaKrispin FrimanKagaya Ubuyashiki ()Toshiyuki MorikawaMatyu MercerAmane Ubuyashiki ()Rina SatoSuzie YeungHinaki Ubuyashiki ()Yumiri HanamoriKimberli OʻrmonlariNichika Ubuyashiki ()Ari OzawaBrianna KnickerbockerKiriya Ubuyashiki ()Aoi YukiKristina Mari KabanosKanata Ubuyashiki ()Shiori IzawaMela LiMuzan Kibutsuji ()Toshihiko SekiGreg ChunNakime ()Marina InoueAmber Lee KonorsKaigaku ()Yoshimasa HosoyaAlejandro SaabKokushibo ()Ryotaro OkiayuJonasi SkotDoma ()Mamoru MiyanoSteven FuAkaza ()Akira IshidaLucien DodgeHantengu ()Toshio Furukawa, Yūichirō Umehara, Kaito Ishikawa, Shunsuke Takeuchi, Soma Saito, Koichi Yamadera, Kristofer Kori Smit, Yong Yea, Kaleb Yen, Kris Hackney, Brian Timoʻtiy Anderson, Ben BalmacedaGyokko ()Kohsuke ToriumiBrent Mukai Daki ()Miyuki SawashiroErica LindbekGyutaro ()Ryōta ŌsakaBrendon MakInnisEnmu ()Daisuke HirakawaLandon McDonaldRokuro ()Taiten KusunokiRay ChesWakuraba ()Soichiro HoshiStefan MartelloMukago ()Kana UedaKira BucklandRui ()Koki UchiyamaBilly KametzKamanue ()KENNAlan LeeKyogai ()Junichi SuwabeStev BlumKichik epizodlarSpider Demon (onasi) ()Ami KoshimizuAllegra KlarkSpider Demon (otasi) ()Tetsu InadaKellen GoffSpider Demon (akasi) ()Showtaro MorikuboDerek Stiven PrinsSpider Demon (opasi) ()Ryoko ShiraishiErica LindbekYahaba ()Jun FukuyamaXander MobusSusamaru ()Mikako KomatsuSara Anne UilyamsSakonji Urokodaki ()Hōchū ŌtsukaBrook ChalmersSabito ()Yuki KajiMaks MittelmanMakomo ()Ai KakumaRayan BartliKasugai Crows ()Takumi Yamazaki (Tanjiro) Rie Kugimiya (Muichiro) Dogu ErholtsTamayo ()Maaya SakamotoLaura PostYushiro ()Daiki YamashitaKyle MakkarliMakio ()Shizuka IshigamiErika MendezSuma ()Nao ToyamaEmi Lo
Ishlab chiqarish
Birinchi mavsum 2018-yil iyun oyida Ufotable tomonidan namoyish qilish huquqi sotib olinganidan va shu yili serial ishlab chiqilayotgani eʼlon qilingan. Anime serial ssenariy muallifi Haruo Sotozaki, prodyuser Hikaru Kondo. Akira Matsushima qahramonlar dizayni ustida ishlagan. Birinchi mavsum qismlari soni 26 ta va 2019-yil 6-apreldan boshlab 28-sentyabrga qadar Tokio MX va boshqa tarmoqlarda namoyish qilingan
Aniplex of America serialni Shimoliy amerikada namoyish etish huquqini sotib olgan va Crunchyroll, Hulu, Funimation tarmoqlarida efirga uzatgan. Serialning ikki xil ovozlashtirilgan versiyasi chiqarilgan. Madman Entertainment Serialni Avstraliya va Yangi Zelandiyada namoyish qilish huquqini sotib olgan va darxol AnimeLab orqali efirga uzatgan. Buyuk Britaniya va Irlandiyada namoyish qilish huquqini Anime Limited kompaniyasi sotib olgan. Netflix ham 2021-yil 22-yanvardan boshlab serialni platformaga qoʻshgan.
2-mavsum ikkinchi mavsum „Mugen Train“ ikki qismga boʻlib chiqarilgan va birinchi yettita qism 2021-yil 10-oktyabrdan 28-oktyabrgacha chiqarilgan. Ikkinchi mavsumni ochib beruvchi 1-qismda birinchi mavsumdan epizodlar berib oʻtilgan va asosiy mavzuga oʻtib ketilgan, film davomida yangicha musiqa va animatsion yondashuvni kuzatish mumkin edi. Birinchi mavsumda qahramonlarni ovozlashtirgan aktyorlar ikkinchi mavsumda ham ishlarini davom ettirishgan. Ikkinchi mavsumni Yaponiyadagi 30 ta telestansiya shu jumladan Fuji TV va Tokio MX namoyish etgan.
Aniplex of America ikkinchi mavsumni osiyodan tashqarida namoyish qilish huquqini sotib olgan. Muse Communication boʻlsa serialni osiyo-okeaniya hududida koʻrsatish huquqini sotib olgan.
Prodyuser Jason DeMarco fikriga koʻra serialning ikkinchi mavsumi „Mugen Train“ mashxurlashib ketganligi sababli serialning qolgan mavsumlarini translyatsiya huquqi narxi ancha koʻtarilgan. 2023-yil oktyabr oyida Adult Swim, serialning Mugen Train mavsumi uchun inglizcha dublyaj 12-noyabrdan 17-dekabrgacha Toonami sayti orqali namoyish qilgan. Bir yil oʻtgach Entertainment District Arc ham 2024-yil 14-martdan 24-martgacha serialni namoyish qilgan.
3-mavsum Ikkinchi mavsum tugaganidan soʻng serialning uchinchi „Swordsmith Village“ mavsumi chiqarilishi eʼlon qilingan. Uchinchi mavsum 2023-yil 9-aprel kuni bir soatlik maxsus qism bilan premyera qilingan va shu yilning oʻzda 70 daqiqalik qism bilan yakunlangan.
Aniplex of America uchinchi mavsumni Osiyodan tashqarida namoyish qilish huquqini sotib olgan va uni Crunchyroll platformasida namoyish qilgan. 2023-yil 28-maydan boshlab serial inglizcha dublyajda namoyish qilingan.
4-mavsum Serialning uchinchi mavsumi tugashi bilan uning toʻrtinchi „Hashira Trening“ mavsumi chiqarilishi eʼlon qilingan. Serial 2024-yil 12-may kuni bir soatlik maxsus qism bilan boshlangan. Shu yilning 30-iyun kuni toʻrtinchi mavsumning soʻngi qismi ham bir soatlik maxsus qism bilan yakunlangan.
Aniplex of America toʻrtinchi mavsumni Osiyodan tashqarida namoyish qilish huquqini sotib olgan va uni Crunchyroll platformasida namoyish qilgan.
Namoyish qilinishi 2019-yil 29-martdan boshlab Yaponiyada Serial Kimetsu no Yaiba: Siblingʻs Bond nomi bilan chiqarilgan. Aniplex of America serialni Los-Anjelesdagi Aratani teatrida 2019-yil 31-martda namoyish qilgan. Madman Entertainment serialni Avstraliyaning bir nechta kinoteatrlarida 2019-yil 2-aprel kuni namoyish qilgan.
Filmlar 2019-yil 28-sentabr kuni birinchi mavsumning yakuniy epizodi chiqishi bilan ikkinchi mavsum Demon Slayer: Kimetsu no Yaiba – The Movie: Mugen Train chiqarilishi eʼlon qilingan va ikkinchi mavsum uchun alohida animatsion film chiqarilgan. Film serialga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq va uning mantiqiy davomi hisoblanadi. Film Yaponiyada Aniplex va Toho tomonidan namoyish qilingan va Yaponiyada 2020-yil 16-oktabr kuni premyerasi boʻlib oʻtgan. Film butun dunyo boʻylab 500 million AQSh dollari toʻplagan. Film 2021-yil 22-iyun kuni butun dunyo boʻylab ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.
Tanqid
Madaniy taʼsiri Animatsion serial yuqori baholangan va ikkinchi mavsumidan boshlab keyingi har bir qismi Yaponiyaning top animatsion filmlari qatoridan joy olib kelmoqda. Video Researchga talqiniga koʻra, Entertainment District oʻrtacha 18,43 million tomoshabinni qamrab olgan. Koʻrsatikichlar 10-qismda 25,5 million va 11-qismda 25 97 million tomoshabingacha oʻsgan. Swordsmith Villagening oxirgi epizodi oʻrtacha 22,87 million tomoshabinni qamrab olgan. Serialning uchinchi mavsumi Yaponiyada eng koʻp tomosha qilingan animatsion serialga aylangan.
Tanqid "Rotten Tomatoes" saytida „Demon Slayer: Kimetsu no Yaiba“ serialning birinchi mavsumi 100% lik ijobiy baholangan. Monsters and Critics saytida Patrick Frye serialni jang sahnalari va umumiy ssenariy boʻyicha ham maqtab ijobiy fikr bildirgan.
Animatsion serial 2010-yillarning eng yaxshi animesi sifatida eʼtirof qilingan. Polygonning Austen Goslin fikricha soʻngi oʻn yil ichida hech bir animatsion serialda Demon slayerchalik jang sahnalari yoritib berilmagan. Crunchyroll uni „2010 yillarning eng yaxshi 25 ta animelari“ roʻyxatiga qoʻshgan.
Manbalar