Ruhiy muvozanatsizlik holati – shaxslararo munosabatlarda sezilarli beqarorlik, oʻzlikni notoʻgʻri idrok etish va kuchli hissiy javoblar bilan tavsiflanadigan shaxsiyat buzilishi. Ruxiy muvozanatsizlik tashxisi qoʻyilgan odamlar koʻpincha oʻzlariga zarar yetkazuvchi xatti-harakatlarni namoyon etadilar va asosan hissiy holatlarini sogʻlom, barqaror darajada boshqarish qiyinchiliklari tufayli xavf tugʻdiradigan harakatlarni amalga oshiradilar. Ushbu simptomlar kuzatiladigan shaxslar orasida eng koʻp uchraydigan alomatlar dissotsiatsiya (voqelikdan ajralib qolish hissi), boʻshliq tuygʻusidir.

Kasallik, odatda, erta balogʻat yoshida namoyon boʻladi va turli vaziyatlarda davom etadi. Ruhiy muvozanatsizlik holati koʻpincha, depressiya va ovqatlanishning buzilishi orqali yuzaga keladi. Ruhiy muvozanatsizlik holati oʻz joniga qasd qilish xavfi bilan chambarchas bogʻliq. Kasallangan insonlarning taxminan 8–10 foizi oʻz joniga qasd qiladi, ular orasida asosan erkaklar koʻpchilikni tashkil qiladi.

Belgi va alomatlari thumb|Ruhiy muvozanatsizlik holatining alomatlaridan biri – hissiy tark etilishdan kuchli qoʻrquv. Ruhiy muvozanatsizlik holati, DSM-5 da koʻrsatilganidek toʻqqizta alohida alomatlar bilan namoyon boʻladi va bemorga tashxis qoʻyish uchun unda shu mezonlardan kamida beshtasi boʻlishi talab qilinadi.

Ruhiy muvozanatsizlik holatining oʻziga hos xususiyatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: shaxslararo munosabatlarda va oʻz-oʻzini idrok etishda beqarorlik, boshqalarni haddan tashqari ideallashtirish va qadrsizlantirish oʻrtasida tez-tez oʻzgarishlar, kayfiyatning oʻzgaruvchanligi hamda kuchli hissiy reaksiyalarni boshqarishda qiyinchiliklar.

Qoʻshimcha alomatlarga oʻz shaxsiyati, qadriyatlari, axloq-odobi va eʼtiqodlari haqida shubha-gumonlar; stress holatida paranoid fikrlarning paydo boʻlishi; depersonalizatsiya holatlari; oʻrtacha va ogʻir holatlarda stress tufayli voqelikdan uzilish yoki psixoz epizodlari kirishi mumkin. Bundan tashqari, ruhiy muvozanatsizlik holati bilan kasallangan odamlarda depressiv yoki bipolyar buzilishlar, psixoaktiv moddalarni suiisteʼmol qilish, ovqatlanish tartibining buzilishi, post-travmatik stress holatining buzilishi va diqqat yetishmasligi kabi qoʻshimcha kasalliklar ham koʻp uchraydi.

Manbalar

Turkum:Psixologiya Turkum:Nevrologiya Turkum:Ruhiy kasalliklar Turkum:Ruhiy holatlar