Rossiya futzal terma jamoasi (, Sbornaya Rossii po futsalu) – Rossiyada futzal boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Rossiya futbol birlashmasi tomonidan nazorat qilinadi va futzal boʻyicha xalqaro musobaqalarda mamlakat sharafini himoya qiladi. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli FIFA va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) barcha Rossiya jamoalarini FIFA va UEFA musobaqalaridan chetlatdi.

Rossiya yettita jahon chempionati (1992—2000, 2008—2021) va barcha Yevropa chempionatlarida ishtirok etgan. Terma jamoa bir marta, 1999-yilgi Yevropa chempionatida gʻalaba qozonishgan. Argentinada boʻlib oʻtgan Futzal boʻyicha 2016-yilgi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan.

Tarixi Rossiyaning FIFA futzal boʻyicha jahon chempionatidagi ilk ishtiroki 1992-yilda boʻlgan va omadsiz boshlangan. Guruh bosqichida 3 ta oʻyinda 16 ta gol oʻtkazib yuborilgan va terma jamoa keyingi bosqichga chiqolmagan. Toʻrt yildan soʻng Ispaniyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ruslar uchinchi oʻrinni egallashdi. Rossiya 2000-yilda Gvatemalada boʻlib oʻtgan musobaqada uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Portugaliyaga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan. Terma jamoa 2004-yilgi jahon chempionati final bosqichiga yoʻllanma olmagan. 2007-yil oxirida futzal boʻyicha UEFA chempionatida yangi avlod uchinchi oʻrinni egallagan.

Rossiya terma jamoasi 2008-yil Braziliyada boʻlib oʻtgan FIFA futzal boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichida Fransiya hamda Serbiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Guruhda Rossiya milliy futzal terma jamoasi birinchi oʻrin bilan final bosqichiga yoʻllanma oldi. Ruslar serblar ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Final turnirida Rossiya terma jamoasi „A“ guruhidan joy oldi. Guruh bosqichida Rossiya ikkinchi oʻrinni egalladi va ikkinchi bosqichga yoʻllanma oldi. Bu safar Rossiya F guruhidan joy oldi. Dastlabki oʻyinda Ispaniyaga keyichalik Braziliyaga magʻlub boʻldi. Uchinchi oʻrin uchun pley-off finalida Italiyaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli FIFA va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) barcha Rossiya jamoalarini FIFA va UEFA musobaqalaridan chetlashtirdi.

Murabbiylar jamoasi Manba: Lavozimi Ism Bosh murabbiy Beso Zoidze Yordamchi murabbiy Konstantin Mayevsky Yordamchi murabbiy Gennady Garagulya RAoMF faxriy prezidentiBosh menejer Semen Andreyev RAoMF prezidentiDelegatsiya rahbari Emil Aliyev Jamoa

Hozirgi tarkib Futzal boʻyicha 2022-yilgi Yevropa chempionati uchun terma jamoaga quyidagi futzalchilar chaqirildi.

Terma jamoalarga qarshi natijalari Jamoa Isht Gʻalaba Durang* Magʻlubiyat GF GA Diff 9 3 4 2 26 24 +2 1 1 0 0 10 1 +9 6 4 1 1 23 13 +10 13 10 2 1 57 16 +41 13 10 3 0 59 25 +34 3 2 0 1 8 6 +2 17 1 1 15 31 81 −50 2 0 1 1 3 6 −3 4 3 1 0 26 6 +20 1 1 0 0 2 0 +2 2 2 0 0 11 3 +8 9 6 3 0 27 14 +13 2 2 0 0 17 6 +11 14 10 1 3 45 30 +15 4 2 1 1 21 9 +12 3 3 0 0 12 1 +11 3 3 0 0 13 1 +12 2 2 0 0 17 5 +12 4 4 0 0 47 3 +44 4 3 1 0 23 3 +20 11 10 1 0 64 25 +39 31 13 10 8 88 82 +6 1 1 0 0 6 1 +5 20 7 5 8 46 46 +0 4 3 0 1 23 12 +11 6 4 2 0 16 6 +10 7 7 0 0 31 1 +30 1 1 0 0 2 0 +2 1 1 0 0 4 1 +3 2 2 0 0 16 4 +12 1 1 0 0 31 0 +31 1 1 0 0 7 1 +6 18 15 1 2 63 29 +34 1 1 0 0 7 3 +4 3 3 0 0 15 6 +9 12 9 2 1 59 23 +36 14 4 4 6 37 41 −4 1 1 0 0 9 2 +7 2 2 0 0 8 1 +7 12 10 1 1 35 20 +15 6 5 0 1 29 12 +17 10 9 1 0 37 12 +25 2 2 0 0 47 2 +45 23 2 4 17 52 85 −33 3 3 0 0 14 7 +7 3 3 0 0 16 1 +15 13 11 0 2 49 25 +24 1 0 0 1 3 8 −5 1 0 0 1 0 2 −2 1 1 0 0 4 2 +2 4 3 1 0 19 7 +12 1 1 0 0 13 1 +12 Jami 314 197 48 70 1246 671 +575

Manbalar

Havolalar Russia

Turkum:Yevropa futzal terma jamoalari Turkum:Rossiyada futzal