thumb|Facade, 2006 Arseniy Morozov uyi – Moskvadagi Vozdvijenka koʻchasi 16-uyda joylashgan tarixiy bino. Bino Viktor Mazyrin tomonidan doʻsti Arseniy Morozov uchun loyihalashtirilgan. Ular Portugaliya boʻylab sayohat qilib, Sintradagi Pena saroyi ularni hayratga solgan edi. Neo-Manueline uslubidagi eklektik bino boʻlgan Morozov uyi, Morozovning onasi Varvara tomonidan hadya etilgan yerda qurilgan. Mazyrin uyni 1895 va 1899-yillar orasida qurilgan.
Shahar afsonasiga koʻra, Varvara Morozova qurib bitkazilgan hashamatli saroyni koʻrgach: „Ilgari faqat men sening ahmoqligingni bilardim, endi butun Moskva biladi!“ deya xitob qilgan ekan.
Sovet davri Fevral inqilobidan keyin qisqa muddat davomida bu bino Moskva anarxist guruhlari federatsiyasi tomonidan egallab olingan qimmatbaho qarorgohlardan biriga aylantiriladi. 1918-1928-yillar davomida bino Proletkult teatr guruhi tomonidan foydalanilgan va unda mashhur rus teatr va kino rejissyorlari Sergey Eyzenshteyn hamda Vsevolod Emilyevich Meyerxoldning tajribaviy sahna asarlari namoyish etildi.
Binoda yashagan kishilar orasida sanʼatshunos Aleksey Gan ham bor edi. Bino Ivan Morozovning sopol buyumlar, kumush idish-tovoqlar, ikonalar va oʻyma portretlardan iborat kolleksiyasiga ega edi.
1920-yillarning oxirida uy Sovet Ittifoqining Tashqi ishlar vazirligi tomonidan foydalanilgan. Morozov uyi 1940-yilgacha Yaponiya elchisining qarorgohi sifatida xizmat qilgan, 1941-1945-yillarda Britaniyaning „Britanskiy Soyuznik“ (Britaniya ittifoqchisi) gazetasining bosh qarorgohi edi lekin 1952-1954-yillarda Hindiston elchixonasi sifatida foydalanilgan.
Hozirgi holati
1995-yilda arxitektor Ivan Andrianovich Shaposhnikovning nabirasi shaxsiy iltimosi bilan haykaltarosh Igor Zamedyanskiy V.A. Mazirin sharafiga xotira taxtasini yaratdi.
Manbalar
Turkum:Diqqatga sazovor joylar