Gʻaybulla Boboyorov (1973-yil, Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor.
Hayoti Gʻaybulla Boboyorov 1973-yilda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tavallud topgan. 1991–1996-yillarda Qarshi davlat universiteti tarix fakultetida bakalavr bosqichida, 1996–1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida aspirantura bosqichida va Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) falsafa fakultetida ham tahsil olgan. Oilali, Alparslon, Istambek, Temurbek ismli 3 nafar oʻgʻil farzandning otasi.
Gʻaybulla Boboyorovning 300 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan va 25 ta monografiya, jumladan, „Köktürk kağanliği sikkeleri katalogu“ (2007-yil, Anqara), „Gʻarbiy Turk xoqonligining davlat tuzumi“ (2012-yil, Toshkent) kabi monografiyalar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari uni qadimgi turk-run va sugʻdiy yozuvli bitiklar boʻyicha oz sonli mutaxassislardan biri deb eʼtirof etilgan. Hozirda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Milliy arxeologiya markazi boʻlimi mudiri boʻlib faoliyat yuritadi.
Mukofotlari
„Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni. "Oʻzbekistonning mustaqilligining 30 yilligi" nishoni.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Tarixchi olimlar Turkum:Tarix fanlari doktorlari Turkum:Professorlar Turkum:1973-yilda tugʻilganlar Turkum:Qarshi davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston belgisi nishoni sohiblari