flyadeal () – Saudiya Arabistonining arzon aviatashuvchisi. Faoliyatini, asosan, Jiddadagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportidan olib boradi. Mamlakatning flagman aviakompaniyasi Saudia tomonidan egalik qilinadi. 2017-yil 23-sentyabrda mahalliy yoʻnalishlarga parvoz qilish orqali oʻz faoliyatini boshlagan.
Tarixi Saudiya Arabistonining flagman aviakompaniyasi Saudia 2016-yil 17-aprelda flyadeal yaratilishini eʼlon qildi. Ushbu kompaniya Saudia Groupning SV2020 Transformatsiya strategiyasining bir qismi boʻlib, strategiya guruh boʻlinmalarini 2020-yilgacha jahon darajasidagi maqomga koʻtarishni maqsad qilgan. Aviakompaniya 2017-yil 23-sentyabrda Jidda va Ar-Riyodni bogʻlovchi parvozlarni boshladi. 2022-yil 10-iyunda flyadeal Dammomdan Qohiraga parvozlarni amalga oshira boshladi.
Parvoz manzillari
Mamlakat Shahar Aeroport Eslatmalar ManbalarBirlashgan Arab AmirliklariDubayAl-Maktum xalqaro aeroporti Dubay xalqaro aeroporti Bosniya va GersegovinaSarayevoSarayevo xalqaro aeroportiMavsumiy GruziyaTbilisiTbilisi xalqaro aeroportiMavsumiy HindistonKalkuttaNetaji Subhas Chandra Bose xalqaro aeroportiMavsumiy IordaniyaAmman Qirolicha Aliya xalqaro aeroporti KiprLarnakaLarnaka xalqaro aeroportiMavsumiy KuvaytAl-QuvaytKuvayt xalqaro aeroporti Toʻxtatilgan MisrQohiraQohira xalqaro aeroporti Sharm ash-ShayxSharm ash-Shayx xalqaro aeroportiMavsumiy NigerNiameyNiamey xalqaro aeroporti Haj NigeriyaKanoMallam Aminu Kano xalqaro aeroportiHaj OzarbayjonBokuHaydar Aliyev xalqaro aeroportiMavsumiy Saudiya ArabistoniAbxaAbxa xalqaro aeroporti Al-BahaAl-Baha mahalliy aeroporti BishaBisha mahalliy aeroporti DammomPodshoh Fahd xalqaro aeroporti AviabazasiHa'ilHa'il mintaqaviy aeroporti HufufAl-Ahsa xalqaro aeroporti JiddaQirol Abdulaziz xalqaro aeroportiAviabazasiJizanJizan mintaqaviy aeroporti JoufAl-Jouf aeroporti MadinaShahzoda Muhammad bin Abdulaziz xalqaro aeroporti NajronNajron mintaqaviy aeroporti NeomNeom koʻrfazi aeroporti QosimShahzoda Naif bin Abdulaziz xalqaro aeroporti QurayyatGurayat mahalliy aeroporti Riyod Podshoh Xolid xalqaro aeroportiAviabazasiTabukTabuk mintaqaviy aeroporti ToifToif xalqaro aeroporti TurkiyaAntaliyaAntaliya aeroportiMavsumiy BodrumMilas–Bodrum aeroportiMavsumiy IstanbulIstanbul aeroporti TrabzonTrabzon aeroporti Mavsumiy ChadNjamenaNjamena xalqaro aeroportiHaj
Codeshare shartnomalari Flyadeal quyidagi aviakompaniyalar bilan codeshare shartnomalarini tuzgan: Saudia
Aviaparki 2024-yil iyun holatiga koʻra, flyadeal quyidagi samolyotlarda faoliyat yuritadi: +flyadeal aviaparkiSamolyotSoniBuyurtmalarYoʻlovchilarEslatmalarAirbus A320-20011—186Airbus A320neo2122186Saudiadan olingan 20 dona samolyot uchun qoʻshimcha opsiyalar. Bitta samolyot toʻxtab qolganAirbus A321neo—39Eʼlon qilingan2026-yilda yetkazib beriladi.Airbus A330-2002—Eʼlon qilinganAircastle lizing kompaniyasidan GullivAir orqali ijaraga olinganAirbus A330-3001—Eʼlon qilinganAviator Capital lizing kompaniyasidan Air Anka orqali ijaraga olingan.Boeing 777-3001—Eʼlon qilinganAlexandria Airlines aviakompaniyasidan ijaraga olingan. Registratsiya raqami SU-KHP.Jami3561
2019-yil 7-iyulda flyadeal qoʻshimcha 20 ta opsiyali 30 dona Airbus A320neo samolyotiga buyurtma berish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Avvalroq aviakompaniya Boeing 737 MAX xarid qilish boʻyicha majburiyat olgan edi, biroq 737 lar ishlab chiqarilishi toʻxtatilishi ortidan 30 ta samolyotga boʻlgan buyurtmadan voz kechdi. Boeing bu qarorni „jadval boʻyicha talab“ deb atadi.
2021-yil iyul oyida flyadeal 50 tagacha samolyotga buyurtma doirasida A320neoni yil oxirida yetkazib berilish boshlashini maʼlum qiladi. Arzon aviatashuvchining kelajakdagi rejalari 100 ta samolyotdan iborat parkni koʻzda tutadi.
Baxtsiz hodisalar 2021-yil 10-fevralda Saudiya Arabistonidagi Abxa xalqaro aeroportida husiylarning dron hujumidan soʻng „HZ-FAB“ nomi bilan roʻyxatdan oʻtgan flyadeal Airbus A320 samolyoti shikastlangani xabar qilindi. Hech kim jabrlangani yoʻq, tergov ishlari hamon davom etmoqda. Samolyot taʼmirlandi va xizmatga qaytarildi.
Manbalar
Havolalar Official website
Turkum:Saudia Turkum:Saudiya Arabistoni aviakompaniyalari Turkum:Lou-kosterlar