Rahmat Qambarov – sovet davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Biografiyasi 1932-yilda tugʻilgan. KPSS aʼzosi.

1947-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda faoliyat olib borgan. 1947—1984-yillarda – Qorasuv tumanidagi Voroshilov nomli kolxozning kolxozchisi, tabelchisi, „Qorasuv“ sovxozining ishchi qoʻmitasi raisi, partiya qoʻmitasi kotibi, Kalinin tumanidagi XXI partiya syezdi nomidagi sovxoz direktori, Oʻzbekiston Kompartiyasi Kalinin tuman qoʻmitasining birinchi kotibi.

Mukofotlari SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1981-yil 26-fevraldagi farmoni bilan unga Lenin ordeni va „Oʻroq va Bolgʻa“ medali bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati etib saylangan.

1984-yildan keyin vafot etgan. Aniq yili maʼlum emas.

Manbalar

Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar