Christa Deguchi (出口 クリスタ, ; 29-oktyabr 1995-yil, Nagano, Yaponiya) – kanadalik dzyudochi, 2024-yilgi Olimpiada chempioni, 2019 va 2023-yillarda 57 kilogrammgacha vazn toifasida ikki karra jahon chempioni.

Hayoti 2017-yildan Deguchi Kanada sharafini dzyudo boʻyicha rasmiy turnirlarda himoya qila boshlagan. Garchi Deguchi Yaponiyada tugʻilgan boʻlsa-da, Deguchining otasi kanadalik va bu Deguchiga ushbu shimoliy mamlakat nomidan musobaqalarda qatnashish imkonini bergan. 2012-yilda Deguchiga Kanada vakili sifatida musobaqalarda qatnashish iltimosi bilan murojaat qilishgan, ammo oʻsha paytda Deguchi rad javobini bergan. Keyinroq esa Olimpiadada qatnashish uchun eng yaxshi tanlov Kanada boʻlishini tushunib, oxir-oqibatda rozi boʻlgan.

2018-yilda Kosta-Rikada boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Panamerika chempionati gʻolibi.

2018-yil Bokuda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Deguchi jahon musobaqasidagi ilk medalini – 57 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Deguchi ayollar dzyudosida Kanada uchun birinchi medalni olib kelgan sportchidir .

Tokioda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Deguchi finalda yaponiyalik sportchi Tsukasa Yoshidani magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2023-yilning may oyida Qatar poytaxtida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida kanadalik dzyudochi 57 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida finalda yaponiyalik sportchi Haruka Funakuboni magʻlub etib, chempion boʻlgan.

2024-yil bahorida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Deguchi finalda Janubiy Koreya sportchisi Huh Mi-miga yutqazib qoʻygan.

2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Deguchifinalda koreyalik sportchi Huh Mi-mini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempionlari Turkum:Dzyudo boʻyicha Olimpiada chempionlari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:29-oktyabrda tugʻilganlar