Falastindagi Britaniya mandati (; Filastin; ) – Birinchi jahon urushi natijasida tarixiy Falastin hududida tashkil etilgan va 1922—1948-yillarda Millatlar ligasi mandati doirasida Buyuk Britaniya boshqaruvi ostida boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik. Hozirgi Isroil davlati hududidan tashqari, mandat Iordaniya, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili va Gʻazo sektori hududlarini ham oʻz ichiga olgan. 1916-yilda Birinchi jahon urushi davrida arablarning Usmonli imperiyasiga qarshi qoʻzgʻoloni vaqtida Britaniyaning harbiy kuchlari Usmonli imperiyasi qoʻshinlarini Levant hududidan quvib chiqargan. Shuningdek, 1917-yilda imzolangan Balfour deklaratsiyasiga koʻra, Britaniya Falastinda yahudiylar uchun „milliy davlat“ tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlashga vaʼda bergan edi. 1922-yilda Buyuk Britaniya Millatlar ligasidan Falastin ustidan mandat olganArticle 22, The Covenant of the League of Nations and „Mandate for Palestine“, Encyclopaedia Judaica, Vol. 11, p. 862, Keter Publishing House, Jerusalem, 1972. Mandat davrida bu hududdagi yahudiylarning ketma-ket immigratsiya qilish holatlari, shuningdek, yahudiylar hamda arablar oʻrtasida millatchilik harakatlarining rivojlanishi kuzatigan. Ikki aholining oʻzaro qarama-qarshiliklari oqibatida, va 1944–1948-yillardagi Britaniya mandatidagi Falastinga yahudiylar isyoni sodir boʻlgan. 1946-yilda Mandat tarkibida avtonom tuzilma sifatida boshqarib kelingan Transiordaniya amirligi mustaqillikka erishgan. 1947-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan Falastin hududini boʻlish rejasi qabul qilingan. Mazkur reja mandatning tugashini va tarixiy Falastinning qolgan hududida arab hamda yahudiy davlatlarini tashkil etilishini nazarda tutgan. Isroil davlatining tashkil etilishi 1948-yil 14-may kuni, mandatning amal qilish muddati tugashidan bir necha soat avval eʼlon qilingan. Falastin davlati esa, mandat ortidan boshlangan Arab-Isroil urushining ikkinchi bosqichi (1947—1949) sababli tashkil etilmay qolgan.
Britaniya mandati ostidagi Falastin ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanganligi sababli „A toifali mandat“ deb belgilangan edi. Ushbu tasnif urushdan keyingi oʻzini oʻzi boshqarish qobiliyati eng yuqori boʻlgan mandatlar uchun moʻljallangan. Britaniya mandati ostidagi Falastindan tashqari barcha „A toifali mandatlar“ 1946-yilga kelib mustaqillikka erishganVictor Kattan. From Coexistence to Conquest, International Law and the Origins of the Arab-Israeli Conflict, 1891–1949. London, New York: Pluto Press, 2009..
Etimologiyasi Mandat hududiga „Falastin“ deb nom berilgan, bu nom mahalliy arablar va Usmonli davlati uchun Chapter 9: Being Palestine, becoming Palestine, p. 287: „the sense of continuity between the ancient, medieval and modern political geography and naming traditions of Palestine eventually came into play in the designation of the British Mandatory Government of Palestine“. The preceding pages, p.259-287, document in detail the usage of the term Palestine by native Palestinians from the moment the printing press was introduced into the area in the late 19th century.|The 1915 Filastin Risalesi („Palestine Document“) is a country survey of the VIII Corps of the Ottoman Army, which identified Palestine as a region including the sanjaqs of Akka (the Galilee), the Sanjaq of Nablus, and the Sanjaq of Jerusalem (Kudus Sherif), see Ottoman Conceptions of Palestine-Part 2: Ethnography and Cartography, Salim Tamari , shuningdek, Yevropa anʼanalariga muvofiq edi. Mandat nizomida Falastindagi Britaniya mandati hududida uchta rasmiy til boʻlishi belgilangan: ingliz tili, arab tili va ibroniy tili.
1926-yilda Britaniya maʼmurlari rasmiy ravishda inglizcha nomga mos keladigan anʼanaviy arabcha nomni va uning ibroniycha transkripsiyasini, yaʼni Filastīn (فلسطين) va Palēstīnā (פּלשׂתינה) ni ishlatishga qaror qilishgan. Yahudiy rahbariyati esa ibroniycha nom ʾĒrēts Yiśrāʾel (ארץ ישׂראל, Isroil yeri) boʻlishi kerakligini taklif qilishgan. Yakuniy kelishuvga koʻra, ibroniycha taklif qilingan nomning bosh harflari – Alef-Yod (א״י) – Palēstīnā nomidan keyin qavs ichida, agar mandatning nomi rasmiy hujjatlarda ibroniy tilida tilga olinsagina, qoʻshib yoziladigan boʻlganRonald Storrs, Orientations, Nicholson & Watson 1943 pp.383-384.|quote='When . .the first civil issue of Palestine stamps was being designed, strong pressure was exerted on the authorities to render Palestine, in the Hebrew title, by Eretz Yisrael, the Land of Israel, the ancient and traditional Jewish name. Jews have never called the country Palestine, which was indeed a Roman name etymologically akin to Philistia. .the Government was undoubtedly right in resisting a nomenclature intolerable to the vast majority of Palestinians, and in substituting the device, relatively inoffensive to all parties (though giving complete satisfaction to none), of adding to „Palestine“ in Hebrew the two Hebrew initials (E. Y.).'. Arab rahbariyati bu kelishuvni mandat shartlarini buzish deb baholagan. Baʼzi arab siyosatchilari arabcha nom sifatida Janubiy Suriya (سوريا الجنوبية) nomini taklif qilishgan. Ammo Britaniya maʼmurlari bu taklifni rad etgan. Millatlar Ligasi doimiy Mandatlar komissiyasining toʻqqizinchi sessiyasi bayonnomasiga koʻra:
Tarixi
1920-yillar
Britaniyaliklar kelganidan soʻng, arab aholisi yirik shaharlarda musulmon-xristian uyushmalarini tashkil eta boshladilarIra M. Lapidus, A History of Islamic Societies, 2002: „The first were the nationalists, who in 1918 formed the first Muslim-Christian associations to protest against the Jewish national home“ p.558. 1919-yilda ular Quddusda birinchi oʻtkazish uchun birlashdilarTessler, A History of the Israeli-Palestinian Conflict, Second Edition, 2009: „An All-Palestine Congress, known also as the First Congress of the Muslim-Christian Societies, was organised by the MCA and convened in Jerusalem in February 1919.“ p.220-221. Ushbu kongress asosan vakillik hukumatini talab qilish va Balfour deklaratsiyasiga qarshilik koʻrsatishga qaratilgan edi. Shu bilan bir vaqtda, 1918-yil mart oyida tashkil etilib, ular tomonidan Falastinda sionistik maqsadlarni faol tarzda ilgari surish ishlari boshlab yuborilgan. 1920-yil 19-aprelda Falastin yahudiy jamoasining Vakillar Kengashi uchun saylovlar boʻlib oʻtgan The Palestine Chronicle.
1920-yil mart oyida arablar tomonidan Tel Hai yahudiy qishlogʻiga hujum qilingan. Aprel oyida Quddusda yahudiylarga qarshi yana bir hujum sodir etilgan.
1920-yil iyul oyida Britaniya harbiy boshqaruvi oʻrniga Oliy komissar boshchiligidagi Britaniya fuqarolik maʼmuriyati tashkil qilingan. Birinchi Oliy komissar, sionist va yaqinda Britaniya vazirlar mahkamasi aʼzosi etib tayinlangan ser , 1920-yil 20-iyunda Falastinga yetib keladi va 1-iyuldan oʻz vazifasini bajarishga kirishadi. Samuel oʻz shtab-kvartirasi va rasmiy qarorgohini Quddusning shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan, 1910-yillarda nemislar tomonidan qurilgan Avgusta Viktoriya shifoxonasi majmuasining bir qismida tashkil etgan'A Colonial Room With a View of Jerusalem' (Haaretz, 24 April 2012). https://www.haaretz.com/israel-news/culture/2012-04-24/ty-article/a-colonial-room-with-a-view-of-Jerusalem/0000017f-deec-db22-a17f-fefd9e520000.
1927-yilda zilziladan zarar koʻrgan bu bino 1933-yilgacha Britaniya Oliy komissarlari shtab-kvartirasi va rasmiy qarorgohi sifatida foydalanib kelingan. 1933-yilda Quddusning janubi-sharqiy chekkasida yangi, maxsus qurilgan shtab-kvartira va rasmiy qarorgoh foydalanishga topshirilgan. Yahudiy aholisi bu binoni Armon HaNetziv deb atashgan. togʻ tizmasida, Evil Counsel tepaligida joylashgan ushbu bino 1948-yilda Britaniya hukmronligi tugaguniga qadar Oliy komissarlarning shtab-kvartirasi va rasmiy qarorgohi vazifasini oʻtagan.
Yangi tashkil etilgan fuqarolik maʼmuriyatining dastlabki harakatlaridan biri, mandat hukumatidan asosiy iqtisodiy resurslar boʻyicha imtiyozlar berishni talab qilish boʻlgan. 1921-yilda hukumat yahudiy tadbirkori elektr energiyani ishlab chiqarish va taqsimlash boʻyicha imtiyozlar taqdim etgan. Tez orada Rutenberg aksiyadorlarining asosiy qismi sionistik tashkilotlar, investorlar va xayriyachilar boʻlgan elektr kompaniyasini tashkil etgan. Falastinlik arablar buni Britaniya sionizmni qoʻllab-quvvatlash niyatida tashkil qilinganligining dalili sifatida koʻradilar. Britaniya maʼmuriyati esa, elektrlashtirish butun mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini yaxshilashi va shu bilan birga siyosiy emas, iqtisodiy yoʻl orqali Yahudiy milliy uyini barpo eta olishini taʼkidlaganShamir, Ronen (2013) Current Flow: The Electrification of Palestine Stanford: Stanford University Press.
1921-yil may oyida raqobatdosh yahudiy soʻl qanot namoyishchilari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar va keyinchalik arablarning yahudiylarga hujumlari oqibatida, Yaffada yuz bergan tartibsizliklarda qariyb 100 kishi halok boʻldi.
Oliy komissar Samuel mandat talablari boʻyicha Falastinda oʻzini oʻzi boshqaruvchi institutlar tashkil etishga harakat qilgan, ammo arab yetakchilari yahudiylar ishlaydigan har qanday institut bilan hamkorlik qilishdan bosh tortadilarCaplan, Neil. Palestine Jewry and the Arab Question, 1917 – 1925. London and Totowa, NJ: F. Cass, 1978. . pp. 148–161.. 1921-yil mart oyida Quddusning Bosh muftiysi Komil al-Husayniy vafot etgach, Oliy komissar Samuel uning oʻgay ukasi Muhammad Amin al-Husayniyni ushbu lavozimga tayinlaydi. Amin al-Husayniy Quddusning al-Husayniy oilasiga mansub boʻlib, arab millatchisi va musulmonlar yetakchisi edi"It was not scholarly religious credentials that made Hajj Amin an attractive candidate for president of the SMC in the eyes of colonial officials. Rather, it was the combination of his being an effective nationalist activist and a member of one of Jerusalem’s most respected notable families that made it advantageous to align his interests with those of the British administration and thereby keep him on a short tether." Weldon C. Matthews, Confronting an Empire, Constructing a Nation: Arab Nationalists and Popular Politics in Mandate Palestine, I. B. Tauris, 2006 pp. 31–32.
Al-Husayniy, Bosh muftiy sifatida, shuningdek, ushbu davrda egallab turgan boshqa taʼsirli lavozimlar asnosida sionizmga qarshi shafqatsiz kechgan kurashlarda hal qiluvchi rol oʻynagan. 1922-yilda al-Husayniy Samuel tomonidan 1921-yil dekabr oyida tashkil etilgan Oliy musulmonlar kengashining prezidenti etib saylangan. Ushbu kengash har yili oʻn minglab funt sterlingga teng boʻlgan vaqf mablagʻlari va taxminan 50 000 funt sterling miqdoridagi yetimlar uchun ajratilgan fondni boshqarar ediFor details see Yitzhak Reiter, Islamic Endowments in Jerusalem under British Mandate, Frank Cass, London Portland, Oregon, 1996. Yillik byudjeti 600 000 funtga teng boʻlgan yahudiy agentligi bilan taqqoslaganda bu miqdor ancha kam ediExcluding funds for land purchases. Sahar Huneidi, A Broken Trust: Herbert Samuel, Zionism and the Palestinians 1920–1925, I. B. Tauris, London and New York, 2001 p. 38. The 'Jewish Agency', mentioned in article 4 of the Mandate only became the official term in 1928. At the time the organisation was called the Palestine Zionist Executive..
Bundan tashqari, al-Husayniy Falastindagi Islomiy sudlarni boshqargan. Ushbu sudlar oʻqituvchilar va voizlarni tayinlash kabi vazifalarni bajarish vakolatiga ega boʻlgan.