Farengeyt shkalasi — 1724-yilda yevropalik fizik Daniel Gabriel Fahrenheit (1686–1736) tomonidan taklif qilingan harorat shkalasi. Ushbu harorat shkalasida birlik sifatida Farengeyt darajasi (belgisi: °F) qoʻllaniladi. Fahrenheitning oʻz shkalasini qanday belgilagani haqidagi turli maʼlumotlar mavjud, biroq asl maqolada quyi nuqta, yaʼni 0 °F, suv, muz va ammoniy xlorid (tuz) aralashmasidan tayyorlangan shoʻr eritmaning (namakobning) muzlash harorati sifatida belgilanganligi qayd etilgan. Yuqori chegara esa Fahrenheitning odam tanasining oʻrtacha harorati haqidagi eng yaxshi taxminiga asoslangan boʻlib, dastlab 90 °F, keyinchalik esa 96 °F daraja qilib belgilangan (shkala keyinchalik qayta taʼriflangani sababli, bu koʻrsatkich hozirgi zamonaviy qiymatdan taxminan 2,6 °F pastroq).
XX asrning aksariyat qismi davomida Farengeyt shkalasi bir-biridan 180 °F ga farq qiladigan ikkita qatʼiy nuqta bilan belgilangan edi: toza suvning muzlash nuqtasi (yoki muzning erish nuqtasi) 32 °F va qaynash nuqtasi 212 °F deb belgilangan boʻlib, bu koʻrsatkichlar dengiz sathida hamda standart atmosfera bosimi ostida oʻlchangan. Hozirgi kunda esa bu shkala rasman Kelvin shkalasi yordamida aniqlanadi.
Uni Qoʻshma Shtatlar, AQSh bilan erkin uyushgan Gʻarbiy Tinch okeanidagi davlatlar (Palau, Mikroneziya Federativ Shtatlari va Marshall orollari), Kayman orollari hamda Liberiyada qoʻllashda davom etilmoqda.
Farengeyt shkalasi hozirgi kunda ham AQSh metrologiya xizmatidan foydalanadigan Antigua va Barbuda, Sent Kitts va Nevis, Bagam orollari va Beliz kabi mamlakatlarda Selsiy shkalasi bilan bir qatorda qoʻllaniladi. Shuningdek, Virgin orollari, Montserrat, Anguilla va Bermud orollari kabi bir qator Britaniyaning dengizorti hududlarida ham har ikkala shkala ishlatiladi. Boshqa barcha mamlakatlar hozirda Farengeyt shkalasidan 18 yil keyin ixtiro qilingan Selsiydan (1948-yilgacha „santigrad“ deb atalgan) foydalanadiCelsius, Anders (1742) „Observationer om twänne beständiga grader på en thermometer“ (Observations about two stable degrees on a thermometer), Kungliga Svenska Vetenskapsakademiens Handlingar (Proceedings of the Royal Swedish Academy of Sciences), 3: 171–180 and Fig. 1..
Taʼrifi va konversiya qilinishi + Farengeyt haroratini konversiya qilish formulalari Farengeytdan Farengeytga Selsiy °F ≘ ( − 32) × °C °C ≘ ( × + 32) °F Kelvin °F ≘ ( + 459,67) × K K ≘ ( × − 459,67) °F Rankin °F ≘ ( + 459,67) °R °R ≘ ( − 459,67) °F Aniq haroratlar oʻrniga harorat intervallaridan foydalanish uchun,1 °F = 1 °R = °C = KHarorat shkalalari konversiyasi Tarixan, Farengeyt shkalasida suvning muzlash nuqtasi 32 °F, qaynash nuqtasi esa 212 °F (standart atmosfera bosimida) boʻlgan. Shunga koʻra, suvning qaynash va muzlash nuqtalari orasidagi farq 180 daraja qilib belgilangan. Shu sababli, Farengeyt shkalasidagi bir daraja muzlash va qaynash nuqtalari orasidagi intervalning 1⁄180 qismiga teng boʻlgan. Selsiy shkalasida esa suvning muzlash va qaynash nuqtalari orasidagi farq dastlab 100 daraja etib belgilangan. 1 °F harorat intervali 5⁄9 Selsiy darajasiga teng boʻlgan. Farengeyt va Selsiy shkalalari hozirda kelvin orqali aniqlanishiga qaramasdan, bu nisbat saqlanib qolgan: 1 °F harorat intervali 5⁄9 K va 5⁄9 °C intervaliga teng. Farengeyt va Selsiy shkalalari oʻz birliklarida −40 darajada kesishadi (yaʼni, −40 °F ⇒ −40 °C).
Mutlaq nol 0 K, −273,15 °C yoki −459,67 °F ga teng. Rankin harorat shkalasida Farengeyt shkalasiniki bilan bir xil oʻlchamdagi daraja intervallari qoʻllaniladi, biroq bu shkalada mutlaq nol 0 °R hisoblanadi. Xuddi shuningdek, Kelvin harorat shkalasi ham Selsiy shkalasiga mos keladi, faqat bunda mutlaq nol 0 K ga teng boʻladi. Bu ikki holat bir-biriga oʻxshash, lekin har bir shkala oʻziga xos mutlaq nol nuqtasiga ega.
Daraja belgisi (°) va undan keyin kelgan katta F harfi birikmasidan Farengeyt harorat shkalasining anʼanaviy belgisi sifatida foydalaniladi. Bu belgi oldidan boʻsh joy qoldirilgan holda yozilgan raqam maʼlum bir harorat nuqtasini ifodalaydi (masalan, „Galliy 85,5763 °F da eriydi“). Haroratlar orasidagi farq yoki haroratdagi noaniqlik ham odatda xuddi shu tarzda yoziladi, masalan, „Bizning standart xatoligimiz ±5 °F ni tashkil etadi“. Biroq, baʼzi mualliflar harorat farqlarini koʻrsatish uchun belgilar tartibini oʻzgartirib, „50 F° oshirish“ kabi yozuvlardan foydalanadilar. Selsiy shkalasi uchun ham shunga oʻxshash konvensiyalar mavjud.
+ Selsiy, Farangeyt, Reomyur va Rankin shkalalari orasidagi nisbat Shkalalarning nomi Selsiy shkalasi, t, °C Rankin shkalasi, t, °R Farengeyt shkalasi, t, °F Reomyur shkalasi, t, °Ré Selsiy shkalasi, °C t °R – 273,15 1,25 t °Ré Rankin shkalasi, °R 1,8 (t °C + 273,15) t °F + 459,67 1,8 (1,25 t °Ré + 273,15) Farengeyt shkalasi, °F 1,8 t °C + 32 t °R – 459,67 t °Ré Reomyur shkalasi, °Ré 0,8 t °C 0,8 ( t °R – 273,15) (t °F – 32) Konversiya (aniq harorat nuqtasi) Farengeyt va Selsiy darajalari hamda maʼlum bir harorat nuqtasidagi kelvinlar oʻrtasidagi aniq konversiyani amalga oshirish uchun quyidagi formulalarni qoʻllash mumkin. Bu yerda – Farengeyt darajasidagi qiymat, – Selsiy darajasidagi qiymat va – kelvinlardagi qiymatni anglatadi: °F dan °C ga: = °C dan °F ga: = × 1,8 + 32 °F dan K ga: = K dan °F ga: = × 1,8 − 459,67
Shuningdek, Selsiy va Farengeyt shkalalari orasidagi −40 °F ≘ −40 °C moslikdan foydalangan holda aniq konversiya qilish usuli ham mavjud. Bunda yana – Farengeyt darajasidagi son qiymati, – Selsiy darajasidagi son qiymatini anglatadi: °F dan °C ga: = − 40 °C dan °F ga: = ( + 40) × 1,8 − 40
Konversiya (harorat farqi yoki interval) Farengeyt va Selsiy shkalalari orasidagi harorat intervalini konversiya qilishda faqat nisbat qoʻllaniladi, hech qanday doimiy son ishlatilmaydi (bu holda interval Selsiy darajalaridagi kabi kelvinlarda ham bir xil son qiymatiga ega boʻladi): °F dan °C yoki K ga: = = °C yoki K dan °F ga: = × 1,8 = × 1,8
Harorat birliklari konversiyasining nomogrammasi
Tarixi Fahrenheit 1724-yilda oʻzining harorat shkalasini taklif etib, uni haroratning ikkita asosiy nuqtasiga asoslantirdi. Uning dastlabki shkalasida (bu yakuniy Farengeyt shkalasi emas) nol nuqtasi termometrni „muz, suv va salis Armoniaci (tarj. ammoniy xlorid) yoki hatto dengiz tuzi aralashmasi“ga joylashtirish orqali aniqlangan. Bu aralashma haroratini oʻz-oʻzidan barqarorlashtiruvchi evtektik tizimni hosil qiladi: 0 °F aynan shu barqaror harorat darajasi sifatida belgilangan. Ikkinchi nuqta, 96 daraja, taxminan odam tanasining haroratiga toʻgʻri kelganFahrenheit, Daniele Gabr. (1724) Experimenta & observationes de congelatione aquæ in vacuo factæ a D. G. Fahrenheit, R. S. S (Experiments and observations on water freezing in the void by D. G. Fahrenheit, R. S. S.), Philosophical Transactions of the Royal Society of London, 33-jild, no. 382, 78-bet (1724-yil mart-aprel). Quyida tarjima qilingan: http://www.sizes.com:80/units/temperature_Fahrenheit.htm.. Uchinchi nuqta, 32 daraja esa, „yuqorida tilga olingan tuzlarsiz“ muz va suvning harorati sifatida belgilangan.
Nemis hikoyasiga koʻra, Fahrenheit dastlab 1708–1709-yilning qishida tugʻilgan shahri Danzigda (hozirgi Gdańsk, Polsha) kuzatilgan eng past havo haroratini 0 °F sifatida belgilagan va faqat keyinchalik bu qiymatni tuzli suv yordamida takroriy hosil qilish zaruriyati tugʻilgan.
Fahrenheitning doʻsti Herman Boerhaavega yozgan xatiga koʻraErnst Cohen and W. A. T. Cohen-De Meester. Chemisch Weekblad, 33-jild (1936), 374–393-betlar, quyida tarjima qilingan: http://www.sizes.com:80/units/temperature_Fahrenheit.htm., uning shkalasi u ilgari uchrashgan Ole Rømerning shkalasiga asoslangan edi. Rømer shkalasida tuzli suv nolda muzlaydi, suv 7,5 darajada muzlaydi hamda eriydi, tana harorati 22,5 darajaga teng va suv 60 darajada qaynaydi. Fahrenheit shkalasining qiymatidagi kasrlarni yoʻq qilish va uni aniqroq qilish uchun har bir qiymatni 4 ga koʻpaytirdi. Soʻngra u oʻz shkalasini muzning erish nuqtasi va odamning normal tana haroratini (30 va 90 daraja boʻlgan) qoʻllab qayta kalibrladi, yaʼni aniq oʻlchamga keltirdi. Fahrenheit shkalani shunday moslaganki, muzning erish nuqtasi 32 daraja, tana harorati esa 96 daraja boʻlgan. Natijada, ikkita nuqta orasida 64 ta interval paydo boʻlgan. Bu esa unga oʻz asboblaridagi daraja chiziqlarini intervallarni 6 marta teng ikkiga boʻlish orqali belgilash imkonini bergan (chunki 64 = 2⁶).
Fahrenheit tez orada bu shkaladan foydalanib, suvning taxminan 212 darajada qaynashini aniqladiFahrenheit, Daniele Gabr. (1724) „Experimenta circa gradum caloris liquorum nonnullorum ebullientium instituta“. (Experiments performed concerning the degree of heat of some boiling liquids), Philosophical Transactions of the Royal Society of London, 33 : 1–3. Inglizcha tarjima uchun, qarang: Le Moyne College (Syracuse, New York).. Suvning muzlash va qaynash nuqtalarini termometrning doimiy koʻrsatkichlari sifatida qoʻllash Anders Celsius ishidan soʻng ommalashdi va bu doimiy nuqtalar 1776–1777-yillarda Henry Cavendish boshchiligidagi Qirollik jamiyati qoʻmitasi tomonidan qabul qilindiHasok Chang, Inventing Temperature: Measurement and Scientific Progress, 8–11-betlar, Oxford University Press, 2004, .. Ushbu tizimga koʻra, Farengeyt shkalasi biroz oʻzgartirildi, natijada suvning muzlash harorati aynan 32 °F, qaynash harorati esa aynan 212 °F yoki suvning muzlash haroratidan 180 daraja yuqoriroq boʻldi. Shu sababli odamning normal tana harorati qayta koʻrib chiqilgan shkala boʻyicha taxminan 98,6 °F (ogʻiz harorati)ni tashkil etdi (Farengeytning asl shkalasida esa 96° ga teng boʻlgan edi).
Bugungi kundagi Farengeyt shkalasida 0 °F yuqorida taʼriflangan ammoniy xlorid eritmasining evtektik haroratiga endi mos kelmaydi. Buning oʻrniga, ushbu evtektika yakuniy Farengeyt shkalasida taxminan 4 °F darajaga toʻgʻri keladi.
Rankin harorat shkalasida Farengeyt harorat shkalasiniki bilan bir xil oʻlchamdagi darajadan foydalaniladi, biroq uning nol nuqtasi mutlaq nolga moslashtirilgan.
Foydalanilishi Umumiy
1960-yillargacha inglizzabon mamlakatlarda iqlim, sanoat va tibbiyot sohalarida asosiy harorat oʻlchov standarti sifatida Farengeyt shkalasi qoʻllanilgan. 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarda esa AQShdan tashqari bu mamlakatlarning deyarli barchasida Selsiy shkalasi Farengeyt shkalasi oʻrnini egalladi.
Farengeyt shkalasi AQSh, uning hududlari va AQSh bilan uyushgan davlatlarda (barchasida AQSh Milliy ob-havo xizmati xizmat koʻrsatadi), shuningdek, Liberiyada hamda Buyuk Britaniyaga qarashli Kayman orollarida kundalik hayotda qoʻllaniladi. AQShda barcha harorat oʻlchovlari, jumladan ob-havo maʼlumotlari, ovqat pishirish va oziq-ovqatni muzlatish haroratlarini oʻlchashda Farengeyt shkalasidan foydalaniladi. Biroq, ilmiy tadqiqotlarda harorat oʻlchovi Selsiy va Kelvin shkalalarida amalga oshiriladi.
Qoʻshma Shtatlar XX asr boshlarida Frederick Halsey va Samuel Dale AQShda sentigrad (hozirgi Selsiy) tizimini qoʻllashga qarshi chiqishning sabablarini koʻrsatib oʻtishgan. Bu sabablarga Selsiy darajasining kattaroq oʻlchovi va Farengeyt tizimida Selsiyga qaraganda pastroq nol nuqta mavjudligini misol qilib keltirish mumkin. Farengeyt shkalasi moʻtadil kengliklardagi tashqi haroratni ifodalashda Selsiyga qaraganda tushunarli deb hisoblanadi: 100 °F issiq yoz kunini, 0 °F esa sovuq qish kunini anglatadi. Shu bois, Farengeyt shkalasi ochiq havoda haroratni tasvirlash uchun Selsiyga nisbatan qulayroq deb taʼkidlangan.
Farengeyt shkalasi nisbatan muqim oʻrnashgan AQShda shkaladagi nochiziqlik (intervallar orasi qiymatlari teng emas) keltirib chiqargan noqulayliklar sababli aksariyat hollarda Rankin shkalasidan ham foydalaniladi.
Kanada