Igor Anatolyevich Kirillov (; 1970-yil 13 iyul – 2024-yil 17-dekabr) rus general-leytenanti va harbiy jinoyatchi edi. U 2024-yilda Ukraina xavfsizlik kuchlari tomonidan oʻldirilgunga qadar Rossiya Qurolli Kuchlarining Kimyoviy, Biologik va Yadroviy mudofaa qoʻshinlari boshligʻi boʻlgan. Kirillov Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishidan keyin frontdan tashqarida oʻldirilgan eng yuqori martabali rossiyalik harbiy amaldor edi. Kirillov Ukrainada xloropikrin kimoyiviy qurolidan foydalanishga ruxsat bergan, bu Kimyoviy qurollar boʻyicha konventsiyaga muvofiq urush jinoyati hisoblanadi.
Suiqasd thumb|Kirillovning oʻlimini aks ettiruvchi Dashcam videolari Kirillov 2024-yilning 17-dekabrida Moskvada taxminan soat 6:12 (MSK)da sodir boʻlgan portlashdan soʻng halok boʻlgan. U Rossiya hukumatidagi Ilya Polikarpov ismli yordamchisi bilan birga Ryazanskiy prospekti hududidagi turar-joy majmuasidan chiqib ketayotgan vaqtida vafot etgan. Portlash elektr skuterga oʻrnatilgan portlovchi qurilmaning portlashi natijasida sodir boʻlgan. Portlovchi qurilma koʻchaning narigi tomonidagi binoning derazalarini sindirish darajasida yetarlicha kuchli edi. Rossiya davlat matbuotiga koʻra, portlovchi qurilmada 2010-yilda Moskva metrosida 40 kishi halok boʻlgan va 80 kishi jarohatlangan portlashlarda qoʻllanilgan portlovchi moddalar bilan bir xil miqdorda portlovchi moddalar boʻlgan.
Reaksiyalar Suiqasd uchun javobgarlikni Ukraina xavfsizlik xizmati oʻz zimmasiga olgan. Ukraina Xavfsizlik xizmatidagi manba Kirillov „harbiy jinoyatchi va mutlaqo qonuniy nishon“ ekanligini taʼkidlab, „ukrainaliklarni oʻldirganlarning hammasini shunday sharmandali yakun kutmoqda“ deb ogohlantirgan. Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarining TASS xabariga koʻra, tergovchilar yaqin atrofdagi avtomashinada Kirillovni kuzatish uchun foydalanilgan yashirin kamerani topdilar.
Suiqasddan soʻng Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlayotgan sobiq prezident Dmitriy Medvedev Ukraina harbiy va siyosiy rahbariyatidan „muqarrar oʻch olish“ga vaʼda berdi. Rossiyaning boshqa rasmiylari Kirillovning oʻlimidan keyin unga hurmat bajo keltirishdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning aytishicha, Kirillov „qoʻrqmasdan ishlagan“ va „orqasiga yashirinmagan“. Davlat Dumasi Mudofaa qoʻmitasi raisi Andrey Kartapolov uni „obroʻli rus generali“ va „oʻz tashkilotining yuqori baholangan rahbari“ deb atadi. Suiqasddan keyin Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin Kirillov uchun bir daqiqa sukut saqladi va uni „nafaqat harbiy rahbar, balki birinchi navbatda olim“ deb taʼrifladi.
Britaniya Bosh vaziri Keir Starmerning matbuot kotibi London Kirillovning oʻlimi uchun „aza tutmoqchi emas“ va u „Ukraina xalqiga azob-uqubat va oʻlim solganini“ aytdi.
Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller Qoʻshma Shtatlar „oldindan xabardor emasligini va bunga aloqasi yoʻqligini“ tasdiqladi va Kirillovning „vahshiyliklari“ va Ukraina kuchlariga qarshi kimyoviy qurol qoʻllanilishiga aloqadorligini qoraladi.
Gumonlanuvchini hibsga olish 18-dekabr kuni, suiqasddan bir kun oʻtib, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) suiqasdga aloqadorlikda gumon qilinib, 29 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi erkak hibsga olinganini maʼlum qildi. FSB gumondor Ukraina razvedka idoralari tomonidan suiqasd uyushtirish uchun yollangani va operatsiyani Dneprda joylashgan ukrainalik operativlar jonli efirga uzatganini daʼvo qildi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 3-darajali ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 4-darajali ordeni sohiblari Turkum:Rossiyaning Ukrainaga bosqinida halok bo‘lgan rus harbiylari