Ubaydulloh ibn Abu Bakra (عبيد الله بن أبي بكرة; ) – Umaviylarning Seyiston rahbari va harbiy qoʻmondon.
Kelib chiqishi Abu Bakra Islom paygʻambari Muhammadning hamrohi boʻlgan va 630-yilda islomni qabul qilgan sobiq Habash quli va mavlo Abu Bakraning oʻgʻli edi. Onasi arab boʻlgan. Tashqi tarafidan „qora va toʻq rangli“ deb taʼriflanadi.
Gubernatorlik va harbiy faoliyat 671-yilda Iroq va sharqiy xalifalik hokimi Ziyod ibn Abihiy tomonidan Seyiston rahbarining oʻrinbosari etib tayinlangan. Xalifa Abdulmalik hukmronligining dastlabki davrida () Ubaydulloh Iroqning ikki asosiy garnizon shahridan biri boʻlgan Basrada Umaviylar tarafdorlari guruhini qoʻllab-quvvatladi. U bu guruhni oʻsha paytdagi Basra hukmdori Mus’ab ibn al-Zubayrga qarshi yoʻnaltirdi. Mus’ab oʻz akasi, raqib xalifa Abdulloh ibn al-Zubayrning vakili edi. 697—698-yillarda Abdulmalikning Iroq va sharq hokimi al-Hajjoj ibn Yusuf tomonidan Seyiston ustidan ikkinchi bor noib etib tayinlangan.
698-yilda al-Hajjoj uni zamonaviy Afgʻoniston hududidagi Zunbillarga qarshi 20 ming kishilik „Vayron qiluvchi qoʻshin“ga boshchilik qilish uchun joʻnatdi. Bu ikkinchi fuqarolar urushidan (683-692) soʻng islom kengayishining qayta jonlanishiga mos keldi. Uning vazifasi Sharqiy Afgʻonistonga bostirib kirish va Zunbillarni oʻlpon toʻlashni qayta yoʻlga qoʻyishga majbur qilishdan iborat ediBosworth, C. E. (1986). Encyclopedia of Islam. p. 761..
Togʻlarda qurshovda qolgan u, ochlik va Zunbil hujumlari tufayli magʻlubiyatga uchradi. Natijada, katta oʻlpon toʻlashga, garovga odamlar, jumladan uchta oʻgʻlini topshirishga va Zunbilga qayta hujum qilmaslik haqida qasam ichishga majbur boʻldiBosworth, C. E. (1986). Encyclopedia of Islam. p. 761.Marozzi, Justin (13 May 2021). The Arab Conquests. Head of Zeus Ltd. p. 141. ISBN 978-1-83893-341-8.. Shundan soʻng, u 5000 nafar askari bilan Bust shahriga chekinib ketdi. thumb| Uning tangasida „Ubaydulloh ibn/Abi Bakra“ imzosi (hukmdorning yuzi oldida vertikal joylashgan). Muvaffaqiyatsiz yurishdan koʻp oʻtmay Ubaydulloh vafot etdiMarozzi, Justin (13 May 2021). The Arab Conquests. Head of Zeus Ltd. p. 141. ISBN 978-1-83893-341-8.. Oʻrniga Seyiston hokimi etib oʻgʻli Abu Bardha tayinlandi. U bu lavozimni bir-ikki yil davomida egallagan boʻlib, shu davrda tanga zarb ettirganiligi ham maʼlum.
Taxminan 700-yilda al-Hajjoj Kufadan boʻlgan arab zodagoni Ibn al-Ash’asni tayinlab, unga zunbillarga qarshi yangi hujum uyushtirish vazifasini topshirdi. Dastlabki ayrim muvaffaqiyatlardan soʻng, Ibn al-Ash’as zunbillar bilan kelishuvga erishdi. Kelishuvga koʻra, zunbillar Ubaydullohdan asirga olinganlarni qaytarishga va oʻlponni avvalgi miqdorda toʻlashni davom ettirishga rozi boʻlishdi. Shundan soʻng Ibn al-Ash’as oʻz qoʻshinini Iroqqa qaytarib olib, al-Hajjojga qarshi isyon koʻtardiMarozzi, Justin (13 May 2021). The Arab Conquests. Head of Zeus Ltd. p. 141. ISBN 978-1-83893-341-8..
Manbalar
Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari Turkum:7-asr arab xalqi Turkum:7-asr harbiy xizmatchilari Turkum:Seyistondagi Umaviylar hokimlari