Al-Hurr ibn Abdurahmon as-Saqafiy () – 718–716-yillarda Al-Andalus viloyatini boshqargan ilk Umaviy hokimi. Muso bin Nusayrning vorisiHitti (1956) p. 499. 717-yilda Pireney togʻlarini kesib oʻtgan ilk musulmon qoʻmondon boʻlib, Septimaniyaga hujum uyushtirgan kichik bosqinchilar guruhini boshqargan. Uning bosqinlari, asosan, muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan, shu sababli 718-yilda lavozimidan olinganLivermore (1947) p. 30.

Hokimligi 716-yilda Abdulaziz oʻldirilib, amakivachchasi Ayyub ibn Habib al-Laxmiy olti oy davomida hokimlik qilgan. Soʻngra ushbu lavozimga al-Hurr ibn Abdurahmon as-Saqafiy tayinlangan. Oradan koʻp oʻtmay, Andalusiyaning maʼmuriy poytaxtini Sevilladan Kordovaga koʻchirganMeri (2006) p. 175.

Al-Hurr hokimligi davrida ikki tilda, yaʼni arab va lotin tillarida yozuv tushirilgan tangalar zarb qilingan. Shuningdek, al-Hurr xalifalik shaharlariga Umaviy amaldorlarni yuborgan, koʻchmas mulk va ularga solinadigan soliqlar (tributa yoki yer soligʻi) boshqaruvi boʻyicha qoidalarni joriy qilgan. Nasroniylarning tortib olingan yerlarini qaytarib bergan, talon-taroj harakatlarini amalga oshirgani, tortib olingan mol-mulklarni yashirgani uchun Berberlarni jazoga tortganCollins, R. (1989) pp. 45-47. Uning ishlarini keyinchalik as-Samh ibn Molik al-Xavloniy davom ettirganCollins, R. (1989) p. 48.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Historical and Geographical Motives for Muslim Operations North of the Pyrenees, in „The Battle of Tours-Poitiers Revisited“, from Providence: Studies in Western Civilization v.2 n.1 (1993)", by William E. Watson.

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Al-Andalusdagi Umaviylar hokimlari Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari