Nikoloz Mali (; 1999-yil 27-yanvarda tugʻilgan) – gruziyalik professional futbolchi, Erovnuli Liga ishtirokchisi Dinamo Batumi va Gruziya terma jamoasi tarkibida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Nikoloz ikki bor Gruziya Oliy dvizioni chempioni boʻlgan.
Futbolchilik faoliyati
Saburtalo akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Mali, ushbu klub tarkibida yetti mavsum davomida oʻynagan. 2017-yil 29-aprelda Shukuraga jamoasiga qarshi 5:0 hisobidagi gʻalabada oʻzining oliy ligadagi ilk golini urgan. 2018—2021-yillar oraligʻida u Saburtalo bilan uchta ichki sovrinlarni qoʻlga kiritgan va bir marta mavsum ramziy terma jamoasiga kiritilish orqali shaxsiy eʼtirofga sazovor boʻlgan.
2022-yil fevral oyi boshida Mali Tbilisining „Dinamo“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Bu davrda u yana bir liga chempionligi va Superkubok gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
2024-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Mali amaldagi chempion Batumining „Dinamo“ jamoasiga oʻtgan.
Mali Gruziya terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini 2020-yil 8-sentyabrda UEFA Millatlar ligasi turnirining Shimoliy Makedoniyaga qarshi uchrashuvida oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro
GruziyaYilOʻyinlarGollar202010Total10
Yutuqlar Klub Erovnuli Liga gʻolibi (2) 2018,2022
Gruziya kubogi sohibi (2) 2019, 2021
Gruziya Superkubogi gʻolibi (2) 2020, 2023
Shahsiy sovrinlar Mavsumning eng yaxshi jamoasiga aʼzosi (1) 2019
Manbalar
Havolalar
Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Gruziyalik erkak futbolchilar Turkum:FC Iberia 1999 futbolchilari Turkum:FC Dinamo Tbilisi futbolchilari Turkum:FC Dinamo Batumi futbolchilari Turkum:Erovnuli Liga futbolchilari Turkum:Erovnuli Liga 2 futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari