Umar ibn Hubayra al-Fazoriy () – mashhur Umaviylar sarkardasi, Umaviylar xalifaligining Iroqdagi hokimi. Oʻsha davrda boʻlib oʻtgan Qays–Yaman mojarolarida muhim rol oʻynagan.
Kelib chiqishi va faoliyati Jaziralik Umar ibn Hubayraning ona tomondan bobosi orqali arab zodagonlari avlodida boʻlganligi aytiladi. Uning bobosi Banu Fazora qabilasining Banu Uday boʻlimi boshligʻi boʻlgan. Biroq manbalarda 696-yilda Umarning Sufyon ibn al-Abrad al-Kalbiy boshchiligida Iroqda xizmat qila boshlaganiga qadar boʻlgan vaqt ichida ushbu oila haqida hech qanday maʼlumot uchramaydi.
Umar 710-yillarda Vizantiya imperiyasiga qarshi yurishlarda qatnashgan. Maslama ibn Abdulmalik qoʻmondonligi ostida 715/716-yillarda Vizantiya poytaxti Konstantinopolni egallash boʻyicha muvaffaqiyatsiz yurishning dastlabki bosqichlarida musulmonlar flotiga qoʻmondonlik qilgan. Keyingi yili Maslama uni Vizantiya imperatori Lev III Isavrning huzuriga elchi sifatida yuborgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Iroqdagi Umaviylar hokimlari Turkum:7-asr arab shaxslari Turkum:Arab generallari Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari