Umar ibn al-Volid ibn Abdulmalik () – Umaviylar shahzodasi, arab-Vizantiya urushlarida Umaviylar qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. Otasi al-Volid I () hukmronligi davrida Jund al-Urdun (Iordaniya okrugi) hokim boʻlib xizmat qilgan.

Hayoti Umar ibn al-Volid Umaviylar xalifasi al-Volid ibn Abdulmalik va uning ummu al-valadlaridan birining oʻgʻli boʻlgan. Xalifa al-Volid Umarni Jund al-Urdunga hokim etib tayinlagan. 707-yilning noyabr oyida Makkada Haj ziyoratlarini nazorat qilish ham uning zimmasiga yuklatilgan. 710/711-yilda Umar amakisi Maslama ibn Abdulmalik bilan birga Vizantiya hududiga qilingan yurishlarni boshqargan.

Avlodlari Umar koʻp ayollar bilan nikoh qurgani va oltmishtacha oʻgʻil koʻrgani uchun „Banu Marvon (Marvoniylar) tulpori“ yoki „Banu Umayya (Umaviylar) ajdodi“ deb atalgan. Xotinlari orasida al-Hakam ibn Abu al-Osning (Umarning otasi tomonidan katta bobosi) nabirasi Ummu Abdulloh binti Habib ham bor edi, ularning Abdulmalik ismli oʻgʻli boʻlgan.

Abdulmalikning oʻgʻli Habib 750-yilda sodir boʻlgan Abbosiylar inqilobidan soʻng Al-Andalusdagi (Pireney yarim oroli) Kordova amirligiga yoʻl olgan U yerda amirlikning asoschisi, Habibning uzoq qarindoshi Abdurahmon I uni Toledo hokimi etib tayinlagan va unga Kordova, Cabra, Rayyu (Malaga va Archidona) va Porcuna atrofidan mulk ajratgan. Uning avlodlari Habibiy urugʻi nomi bilan mashhur boʻlgan nufuzli oila vakillari edi. Shuningdek, Umarning oʻgʻillari Iso va Hafs ham Andalusga koʻchib oʻtgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Iordaniyadagi Umaviylar hokimlari