Jonatan Lucca (1994-yil 2-iyunda tugʻilgan) – braziliyalik professional futbolchi, Oʻzbekiston Superligasining „Paxtakor“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati A. S. Roma Lucca 2012-yilning iyul oyida Braziliyaning Internacional jamoasidan Italiyaning Roma klubi tarkibiga oʻtgan. Roma klubida chexiyalik murabbiy Zdeněk Zeman qoʻl ostida oʻynagan. Garchi u mavsum davomida ligada hech qachon maydonga tushmagan boʻlsa-da, Jonatan 2012-13-yilgi mavsum Roma klubining deyarli asosiy jamoasida mashgʻulot olib borgan va A Seriyaning 13 oʻyinida aspsoy tarkibning qaydnomasidan oʻrin olgan. Jonatan 2014-yilda Braziliyaning „Atletiko Paranaense“ jamoasiga ijaraga berilgan.

Athletico Paranaense Lucca 2014-yilda Campeonato Paranaenseda Parana shtati ligasida debyut qilgan va u yerda 4 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2015-yil iyul oyida Athletico Paranaense bilan doimiy shartnoma imzolagan. U 2015-yilda Parana jamoasida oʻynashni davom ettirgan va mavsum davomida 5 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Osiyo Lucca 2015-yilgi Hindiston Superligasida ishtirok etgan, Zico qoʻl ostidagi FC Goa klubiga ijara asosida oʻtgan.

Portugaliya 2018-yilning 6-iyunida Lucca Portugaliyaning B-SAD klubiga uch yillik shartnoma asosida oʻtgan. 2020-yil yanvar oyida u Farense jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2020-21-yilgi Primeira Ligada ishtirok etgan.

Norvegiya Bir necha oy klubsiz faoliyat olib borgach, Lucca Norvegiyaning Eliteserien ligasi ishtirokchisi Stabæk klubi bilan shartnoma imzolagan.

Portugaliyaga qaytib kelishi 2023-yilning 30-avgustida Portugaliyaning yangi tashkil etilgan klubi, Liga 2 ishtirokchisi AVS SAD jamoasi Lucca bilan mavsumiy shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Uch kundan soʻng u „União de Leiria“ga qarshi safarda 2:1 hisobida gʻalaba qozongan Rikardo Dias oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

Paxtakor 2025-yilning 12-yanvarida Lucca Oʻzbekiston Superligasining ishtirokchisi „Paxtakor“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Shaxsiy hayot Luccaning akasi Cristian Lucca ham professional futbolchi.

Yutuqlari Klub A.S. Roma Italiya kubogi sovrindori: 2012–13 FC Goa Hindiston Superligasida ikkinchi oʻrin: 2015

Manbalar

Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:CA Paranaense futbolchilari Turkum:Guaratinguetá Futebol futbolchilari Turkum:FC Goa futbolchilari Turkum:Kelantan F.C. futbolchilari Turkum:FC Pune City futbolchilari Turkum:Bnei Sakhnin F.C. futbolchilari Turkum:B-SAD futbolchilari Turkum:S.C. Farense futbolchilari Turkum:Stabæk IF futbolchilari Turkum:AVS Futebol SAD futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Hindiston Superligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:Eliteserien futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Malayziyadagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Isroildagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Isroildagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Norvegiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Norvegiyadagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi braziliyalik muhojir sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar