Ummu Hakim binti Yahyo () – 8-asrda yashagan umaviylar sulolasiga mansub zodagon ayol. Oʻninchi Umaviy xalifasi Hishom ibn Abdulmalikning ayoli.
Hayoti Dastlab, Yahyoning qizlaridan biri boʻlmish Amina Abdulmalikning oʻgʻli Hishomga turmushga chiqdiRobinson, p. 153.. Biroq Amina vafot etgach, Hishom Yahyoning boshqa qizi Ummu Hakim bilan turmush qurgan.
Ummu Hakim Hishomning eng sevimli xotini boʻlib, u Hishomning bobosi xalifa Marvon I () ning ukasi Yahyo ibn al-Hakamning va Suriya fathi qoʻmondoni al-Horis ibn Hishomning (Banu Maxzum qabilasidan) nabirasi Zaynab binti Abdurrahmonning qizi edi. Uning Hishomdan besh oʻgʻli boʻlgan. Jumladan Sulaymon, Maslama, Yazid al-Afqom, va Muoviya.
Bundan tashqari, Ummu Hakim eri Hishomning hukmronligi davrida oʻgʻli Maslamaning taxt vorisi boʻlishi uchun harakat qilgan.
Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:740-yillarda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Umaviylar xalifaligidagi ayollar Turkum:VIII asr Umaviylar xalifaligi vakillari Turkum:Arab ayollari Turkum:Arab malikalar Turkum:8-asr arab shaxslari