Abdulloh ibn al-Abbos masjidi () – Saudiya Arabistonining Makka viloyati, Toif shahrida joylashgan tarixiy islomiy masjid. Shu yerda dafn etilgan Abdulloh bn Abbos sharafiga masjidga shunday nom berilgan.

Tarixi Masjid dastlab milodiy 630-yilida bir vaqtlar maʼbuda al-Lot ibodatxonasi buzib tashlangan joyda, yana bir manbaga koʻra, bino islom paygʻambari Muhammad namoz oʻqigan joyda qurilgan. Masjid qurilishi taxminan 630-yil, paygʻambar Muhammadning hayotlik chogʻiga toʻgʻri keladi. Oʻsha yili masjidning sharqiy tomonida Banu Saqif qamalida halok boʻlgan shahidlar uchun qabriston qurilgan. 687-yilda Muhammadning eng yosh amakivachchasi va ilk islom olimi Abdulloh ibn Abbos, soʻngra 700-yilda Kaysoniylarning toʻrtinchi rahbari Muhammad ibn al-Hanafiyya shu qabristonga dafn etilgan.

Manbalar

Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi 20-asrda qurilgan masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Toifdagi masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi minorali masjidlar