Ubaydulla Qurbonovich Mingboyev (28-yanvar 1935-yil, Denov tumani, Surxondaryo viloyati) – oʻzbekistonlik huquqshunos va davlat arbobi.

Biografiyasi 1952-yildan 1956-yilgacha jamoa xoʻjaligida hisobchi boʻlib ishlagan.

1962-yilda harbiy xizmatni oʻtagan. 1966-yilda Toshkent universiteti yuridik fakultetini bitirgan.

1966-yildan 1968-yilgacha Toshkent shahri Shayxontohur tumani ichki ishlar boʻlimida tergovchi boʻlgan. 1968-yilda Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida katta tergovchi, 1969-yilda Ichki ishlar vazirligining tergov boshqarmasiga katta tergovchi etib tayinlandi.

1971-yilda Surxondaryo viloyat sudining sud­yasi, 1972-yilda esa viloyat sudi raisining oʻrinbosari boʻldi. 1975-yilda Oʻzbekis­ton Respublikasi Oliy sudi sudyasi etib saylandi. 1978-yildan 1987-yilgacha Buxoro viloyat sudining raisi vazifasida ishladi.

1987-yilda Ubaydulla Mingboyev Oliy sudga sudya boʻldi. 1990-yil mart oyida Toshkent shahar sudining raisi, 1991-yil 12-iyunda Oliy sud raisi etib saylandi.

2001-yilda isteʼfoga chiqqan va 2017-yilgacha Oʻzbekiston sud tizimining faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik markazining raisi boʻlgan.

2017-yilda Oʻzbekiston sudyalar uyushmasi aʼzosi etib saylangan.

Mukofotlari 2018-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

2025-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yana qarang Muxtor Sultonov Gʻafur Rahimov Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov Boʻritosh Mustafoyev Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston huquqshunoslari