Zambiyada Islom keng tarqalmagan, mamlakat aholisining 1% dan kamrogʻi islomga eʼtiqod qiladi.
Tarix Islom Zambiya hududiga Sharqiy Afrika sohilidan arab savdogarlari va qul savdogarlari vositasida kirib keldi. Zanzibar sultonligida As Said hukmronligi davrida arab qul savdogarlari Zambiya hududiga Tanzaniya, Malav va Mozambik qirgʻoqlaridagi bazalaridan yetib kelishgan. Bir necha yuz yil davomida Zambiya va qoʻshni davlatlardan toʻrt milliondan ortiq qullar oʻgʻirlab, Hindiston va Arabistonga sotilgan.
Koʻp musulmonlar Zambiyaga kolonial davrda kelishgan. Ular asosan Livingstondan Lusakagacha temir yoʻl qurishda ishtirok etgan Hindiston va Pokiston musulmonlari edi. Ular temir yoʻl boʻylab bir qator aholi punktlarini tashkil etishdi.
Musulmonlarning soni Zambiyada 100 mingga yaqin musulmon yashaydi, bu umumiy aholisining 1% dan kamroqni tashkil qiladi (11,26 million kishini). Musulmonlar asosan mamlakatning yirik shaharlarida istiqomat qiladi. Zambiyada musulmonlarning katta qismi sunniylarni tashkil qiladi shuningdek, shialikga mansub kichik ismoiliylar jamoasi ham mavjud. Bundan tashqari, ahmadiya oqimiga mansub 500 ga yaqin fuqoro borligi maʼlum. Zambiya rasmiy ravishda xristian davlati hisoblansa-da, mamlakatda diniy erkinlik hukm suradi va musulmonlarga hech kim tajovvuz qilmaydi.
Manbalar
Tashqi havolalar
Turkum:Zambiyada din