Eski masjid (), Ulugʻ masjid () nomi bilan ham tanilgan – Turkiyaning Adirna shahridagi XV asr boshlariga oid Usmoniylar masjidi.
Tavsifi Masjid Süleyman Çelebi buyrugʻi bilan qurilgan, qurilish ishlari uning ukasi Sulton Mehmed I hukmronligi ostida yakuniga yetkazilgan. Bino shaharning tarixiy markazida, bozor yaqinida boshqa mashhur tarixiy masjidlar, jumladan, Salimiya masjidi va Uch Şerefeli masjid yaqinida joylashgan. Masjidning yuqori qismi toʻqqizda gumbaz bilan qoplangan boʻlib, gumbazlar toʻrtta ustunlar orqali mustahkamlangan. Masjid dastlab bitta minoraga ega edi, uning ikkinchi balandroq minorasi keyinchalik sulton Murod II tomonidan qurdirilgan. Hovlisiz masjidga uchta eshik orqali kirish mumkin. Masjid ichida xattotlik asarlarini koʻrish mumkin.
Galereya
Yana qarang Masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Dick Osseman tomonidan olingan Eski masjid fotosuratlari
Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Adirnadagi Usmoniylar masjidlari Turkum:Turkiyadagi sunniylik masjidlari Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar