Atik Ali posho masjidi () – Turkiyaning Adirna shahri, Meydan mahallasidagi masjid.

Atik Ali posho koʻchasida, Salimiya masjididan taxminan 1,5 km uzoqlikda joylashgan masjid bugungi kunda tashrif buyurvchilar uchun ochiq hisoblanadi. Vaqflar Bosh boshqarmasi tasarrufidagi bino Adirna madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish kengashining 2003-yil 4-iyuldagi 7697-sonli qaroriga binoan roʻyxatga olingan.

Tarixi Masjidning aniq qurilgan sanasi nomaʼlum boʻlsa-da, uning sulton Boyazid II davrida xizmat qilgan vazirlaridan biri Atik Ali Posho tomonidan qurdirilganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Atik Ali Poshsho 1506-yilda vafot etganligi sababli masjid ushbu sanadan oldin qurilgan deb hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Adirnadagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar Turkum:Turkiyadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar