Sivrihisar katta masjidi () – Turkiyaning Sivrihisar tumanidagi tarixiy masjid.

Masjid Eskishahar viloyatining Sivrihisar tumanida joylashgan. Leshker amiri Jaloliddin Ali tomonidan 1231–1232-yillarda Koʻniya sultoni Alouddin Qayqubod () hukmronligi davrida qurilgan. Keyinroq 1275-yilda Kayxusrav III () noibi Eminuddin Mikoil ibn Abdulloh tomonidan, 1440-yilda esa Sivrihisar qozisi Xizirbey tomonidan restavratsiya qilingan. Masjid Onadoʻlidagi yogʻoch ustunli qilib qurilgan beshta inshootdan biri hisoblanadiSivrihisar Grand Mosque – UNESCO World Heritage Centre..

Masjidning umumiy yer maydoni Culture portal of Eskişehir . Tashqi devorlari yoʻnilgan toshdan qurilgan. Toʻrtta kirish joyi mavjudSivrihisar Grand Mosque – UNESCO World Heritage Centre.. Shimoliy va sharqiy darvozalarida restavratsiya ishlari amalga oshirilgan sanalari marmarga oʻyib yozilgan. Tom qismi dastlab plitkalar bilan qoplangan, keyinchalik qoʻrgʻoshin bilan almashtirilgan. Tomni ichki qismidagi 67 ta yogʻoch ustunlar koʻtarib turadi, ularning ustki qismlari, asosan, yashil, qizil va qora ranglarga boʻyalgan va anʼanaviy naqshlar bilan oʻyib ishlangan bezaklar bilan bezatilganSivrihisar Grand Mosque – UNESCO World Heritage Centre.Culture portal of Eskişehir . Baʼzi ustunlar toshdan qurilgan poydevorlarga oʻrnatilgan boʻlib, ular hozirgi Sivrihisar yaqinida joylashgan va bugungi kunda Ballıhisar nomi bilan mashhur boʻlgan qadimgi Pessinus shahrida ishlab chiqarilgan boʻlishi mumkin. Masjidning minbari 1245-yilda xurosonlik Ibn Mehmet tomonidan yongʻoq yogʻochidan ishlangan boʻlib, undagi geometrik va gullar tasviri juda mashhur hisoblanadiSivrihisar Grand Mosque – UNESCO World Heritage Centre.Culture portal of Eskişehir . Ushbu minbar 1924-yilda buzib tashlangan Sivrihisar Kılıç masjididan olib kelingani taxmin qilinadi. Masjid minorasi esa 1409–1410-yillarda Osmon oʻgʻli Hoji Habib tomonidan qurilgan boʻlib, bu haqida oʻsha yerdagi yozuvda qayd etilganCulture portal of Eskişehir .

Jahon merosi obyekti Masjid hududi 2023-yilda UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga Madaniy yoʻnalish boʻyicha kiritilgan.

Galereya

Manbalar

Turkum:Eskishahardagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari