2022-yilgi Oʻzbekiston kubogi finali — Oʻzbekiston kubogining 30-marotaba oʻtkazilgan finalidir.

Tafsilotlar Final 2022-yil 30-oktyabr kuni Buxoro shahrida boʻlib oʻtdi. Kubok finali Qashqadaryo viloyatining Nasaf klubi va Namangan viloyatining Navbahor klublari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Oʻyinning 29-daqiqasida Nasaf futbolchisi Akmal Mozgovoy tomonidan kiritilgan gol hisobni ochdi. Oʻyinning 57-daqiqasida Navbahor oʻyinchisi Doniyor Abdumannopov hisobni tenglashtirdi. Asosiy daqiqalar 1:1 hisobda yakunlanib, jamoalar qoʻshimcha daqiqalarda ham oʻynashdi. Qoʻshimcha vaqtning 100-daqiqasida Mateus Lima tomonidan kiritilgan gol Nasaf klubini hisobda oldinga olib chiqdi. Nasaf futbol klubi 2022-yilgi Oʻzbekiston Kubogi sohibiga aylandi.

Oʻyin

DR 1 Oʻtkir Yusupov YH 4 Bojan Ciger YH 6 Rustam Ashurmatov YH 10 Jamshid Iskanderov (s) HM 14 Jamshid Boltaboyev HM 20 Doniyor Abdumannopov YH 22 Igor Golban HJ 23 Jovan Đokić HM 24 Davron HoshimovHM 32 Zoran Marušić HJ 77 Asadbek Sobirjonov Zaxira tarkib:DR 35 Rahimjon DavronovHM 7 Azim Ahmedov HJ 9 Vladimir Kozak HJ 19 Nurillo Toʻxtasinov HM 30 Oleksandr KasyanHJ 55 Asadbek Joʻraboyev Murabbiy: Samvel Babayan DR 35 Abduvohid NeʼmatovHM 2 Alibek Davronov YH 4 Husniddin Aliqulov HJ 5 Gʻolib Gʻaybullayev YH 7 Sharof Muhiddinov YH 8 Dilshod Saitov HM 19 Mateus Lima YH 22 Akmal Mozgovoy HM 77 Oybek Bozorov (s) HM 88 Marko Stanojević HJ 92 Umar Eshmurodov Zahira tarkib:DR 1 Umidjon Ergashev HM 6 Murodbek Rahmatov HJ 9 Ivan Solovyov YH 14 Alen Mašović HM 17 Suhrob Nurulloyev HJ 20 Shahzod Akromov HM 27 Zafarmurod Abdurahmatov Murabbiy: Roʻziqul Berdiyev

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston kubogi finallari Turkum:2022-yilgi futbol boʻyicha milliy kuboklar