Javbat Burgʻal () Suriya shimoli-gʻarbidagi shaharcha. Maʼmuriy jihatdan Latakiya muhofazasi tarkibiga kiradi. An-Nusayriya togʻlaridagi Loziqiyaning sharqiy qismida joylashgan. Atrofida Qardaha, al-Faxura, Istamo va Shatha kabi hududlar joylashgan. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Istamo aholisi kishini tashkil qilgan.
An-Nusayriya togʻlarida joylashgani tufayli Suriyadagi kedr, archa va qaragʻay daraxtlarining asosiy qismi Javbat Burgʻal hududida uchraydi. Javbat Burgʻal atrofidagi togʻ tizmasining mazkur daraxtlar yaxshi oʻsadigan gʻarbiy qismida sayr qilish uchun koʻplab yoʻlaklari mavjud. Javat Burgʻal atrofidagi taxminan 300 gektar maydonda C.Libani boshqa ignabargli daraxtlar va emanlar bilan aralash holda uchraydi. Suriya fuqarolar urushi va iqlim oʻzgarishi sabab yuzaga kelgan oʻrmon yongʻinlari oqibatida vujudga kelgan keng koʻlamli tartibsizliklar tufayli ushbu oʻrmonlarni saqlab qolish jiddiy xavf ostida qolmoqda. Biroq, shuni taʼkidlash joizki, hududdagi kedr nihollari juda bardoshli boʻlib, Livanning koʻplab sobiq kedr oʻrmonzorlarini qayta tiklashda muhim rol oʻynagan. Ushbu mintaqa janubiy Onadoʻlidan Xoms darasi boshlangungacha va undan narida Livan hamda Falastin chegaralarigacha boʻlgan hududdagi kedr oʻrmonlarining tabiiy tarqalish hududiga kiradi. Suriyada oʻrmonlarni asrash va muhofaza qilish ishlari Suriya fuqarolar urushi hamda oʻrmon yongʻinlari va qurgʻoqchilik kabi tobora kuchayib borayotgan iqlim hodisalari tufayli jiddiy zarar koʻrdi.
Shaharchada Salmon al-Murshid tugʻilgan. Ushbu shaxs Suriya qirgʻoqlarining turli hududlarida feodallar va ularning zolimona hukmronligiga qarshi kurash (Fadai) tashkilotining asoschisi hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Qardaha okrugi aholi punktlari Turkum:Suriyadagi shaharchalar Turkum:Suriyadagi alaviy jamiyatlari