Yekaterina Pavlovna Geynish (2006-yil 18-martda tugʻilgan) – rossiyalik konkida uchuvchi, hozirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Hamkori Dmitriy Chigiryov bilan birga 2025-yilgi Qishki Osiyo oʻyinlari chempioni, 2024-yilgi Skate Canada International musobaqasi kumush medali va 2024-yilgi John Nicks xalqaro musobaqasining juftliklar turniri bronza medali sovrindori boʻlgan.
Biografiyasi Geynish 2006-yil 18-martda Moskvada tugʻilgan. Bolaligida musiqa maktabida oʻqigan.
Geynish figurali uchish bilan 2010-yilda shugʻullana boshlagan. Yakkalik konkida uchuvchi sifatida Moskvadagi „Megasport“ saroyida mashq qilgan. Geynish 2019-yilda juft konkida uchishga oʻtishga qaror qildi. Shundan soʻng Nina Mozer va Vladislav Jovnirskiy qoʻl ostida mashq qilish uchun Moskvadagi „Vorobyovy Gori“ konkida uchish maktabida mashq qilishni boshladi. Uning birinchi sherigi Andrey Sachkov boʻlib, 2021-yilgacha Geynish bilan birgalikda konkida uchgan. Bu juftlik 2019-yilgi IceLab musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Ilya Mironov bilan birga 2021-yilgi Budapesht kubogi oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2022-yilgi Rossiya chempionatida oʻn birinchi va 2022-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida beshinchi oʻrinni egalladi. Ularning hamkorligi 2021-22-yilgi figurali uchish mavsumidan keyin tugatildi.
2021-22 yilgi figurali uchish mavsumi yakunlanganidan keyin Geynish Dmitriy Chigiryov bilan birga ishtirok eta boshladi. Geynish va Chigiryov 2022-yilgi kattalar oʻrtasidagi Rossiya kubogi Gran-prisining ikkinchi va beshinchi bosqichlarida qatnashishdi, ikkala musobaqada ham beshinchi oʻrinni egallashdi.
2024-yilning may oyida bu juftlik Oʻzbekiston nomidan qatnashishni rejalashtirgani maʼlum boʻldi va bu rejalari muvaffaqiyatli boʻldi.
Geynish va Chigiryov 2024-yilgi John Nicks xalqaro juftlik musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2024–25-yilgi Gran-pri musobaqalarida qatnashish uchun tanlangan bu juftlik 2024-yilgi Skate Canada International musobaqasida qatnashib, qisqa dasturida toʻrtinchi oʻrinni, konkida erkin uchish dasturida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu natija bilan Geynish va Chigiryov kattalar oʻrtasidagi Gran-pri medalini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan birinchi juftlik boʻldi. Bir hafta oʻtgach, juftlik 2024-yilgi Grand-Prix de France musobaqasida qatnashdi. Qisqa dasturda beshinchi va konkida erkin uchish dasturida yettinchi oʻrinni egallab, umumiy hisobda oltinchi oʻringa tushib ketdi.
Dasturlar
MavsumQisqa dasturErkin dasturEslatma2022–23 Gaucho The Windmills of Your Mind2024–25 The Deal Between Tsubaki and Lingba Teatro
Dmitriy Chigiryov bilan juftlik
Ilya Mironov bilan juftlik
Andrey Sachkov bilan juftlik
Shaxsiy natijalari
2024—25-yillardagi natijalari
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston qishki sport turlari sportchilar