Dmitriy Yevgenyevich Chigiryov (2001-yil 1-aprelda tugʻilgan) – rossiyalik konkida uchuvchi, hozirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Hozirgi konkida uchish boʻyicha hamkori Yekaterina Geynish bilan birga 2025-yilgi Qishki Osiyo oʻyinlari chempioni, 2024-yilgi Skate Canada International musobaqasi kumush medali va 2024-yilgi John Nicks xalqaro juftlik musobaqasining bronza medali sovrindori.

Biografiyasi Chigiryov 2001-yil 1-aprelda Rossiyaning Saransk shahrida tugʻilgan. 2023-yildan 2024-yilgacha ikki karra jahon chempioni Yevgeniya Medvedeva bilan yaqin munosabatda boʻlgan.

Chigiryov 2008-yilda figurali uchish bilan shugʻullana boshlagan. Dastlab Saranskdagi figurali uchish akademiyasida 2016-yilgacha yakkalik konkida uchuvchi sifatida mashq qilgan. Keyinroq juftlikka oʻtishga qaror qilgan. Juftlik konkida uchuvchi sifatidagi dastlabki ikki yili davomida Nadejda Labazina va Lina Dreyer bilan hamkorlik qildi. Keyinchalik Moskvaga koʻchib oʻtdi va Artur Dmitriyev qoʻl ostida UOR 4 Moskva Gomelskiy akademiyasida mashgʻulot oʻtkazdi. Yekaterina Belova bilan birlgalikda musobaqalarda qatnasha boshladi. Bu juftlik 2019-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida toʻqqizinchi, 2020-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida oʻninchi va 2020-yilgi Rossiya chempionatida oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan holda uch mavsum birga kurash olib borishdi. 2020-2021-yilgi figurali uchish mavsumidan keyin ajraldi. Chigiryov Nina Mozer va Vladislav Jovnirskiy qoʻl ostida mashq qilish uchun Moskvadagi „Vorobyovy Gori“ konkida uchish maktabiga oʻtishga qaror qildi.

2022-yil aprel oyida Mozer va Jovnirskiy Chigiryovni Anastasiya Kostyuk bilan juftlashtirdi. Bu juftlik 2022-yilgi Budapest Trophy musobaqasida oʻsmirlar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ularning hamkorligi tez orada tugatildi.

2021-2022-yilgi figurali uchish mavsumidan keyin Chigiryov Yekaterina Geynish bilan birga mashq qila boshladi. Geynish va Chigiryov 2022-yilgi kattalar oʻrtasidagi Rossiya kubogi Gran-prisining 2 va 5 bosqichlarida qatnashishdi. Ikkala musobaqada ham beshinchi oʻrinni egallashdi.

2023-yilning may oyida juftlik Oʻzbekiston nomidan musobaqalarga qatnashish qarorini eʼlon qilishdi.

Geynish va Chigiryov 2024-yilgi John Nicks xalqaro juftlik musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2024–2025-yilgi Gran-pri musobaqalarida qatnashish uchun tanlangan bu juftlik 2024-yilgi Skate Canada International musobaqasida qatnashib, qisqa dasturida toʻrtinchi oʻrinni, konkida erkin uchish dasturida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu natija bilan Geynish va Chigiryov kattalar oʻrtasidagi Gran-pri medalini qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan birinchi juftlik boʻldi. Bir hafta oʻtgach, juftlik 2024-yilgi Grand-Prix de France musobaqasida qatnashdi. Qisqa dasturda beshinchi va konkida erkin uchish dasturida yettinchi oʻrinni egallab, umumiy hisobda oltinchi oʻringa tushib ketdi.

Dasturlar

MavsumQisqa dasturErkin dasturEslatma2022–23 Gaucho The Windmills of Your Mind2024–25 The Deal Between Tsubaki and Lingba Teatro

Yekaterina Geynish bilan juftlik

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari