thumb|Sinopdagi Alaaddin masjidiminbar (oʻngda) va mehrobi (chapda) Alouddin masjidi () – Turkiyaning Sinop viloyati, Sinop shahridagi tarixiy masjid.
Joylashuvi Masjid Sinop viloyatining Sinop shahrida, Pervane madrasasi esa masjidning shimolida joylashganSinop Guide Lizard ajans p.8.
Tarixi Sinop shahri oʻrta asrlarda Qora dengizdagi muhim port hisoblangan. 1214-yilda hudud saljuqiy Kaykovus I tomonidan bosib olingan. Masjid 1220-yillarda uning ukasi Alouddin Qayqubod buyrugʻiga binoan Artuklu beklaridan biri, davlat toʻntarishidan soʻng oʻz beyligidan qochib, Saljuqiylardan panoh topgan Otabeg Esedüddin Ayas tomonidan qurilgan. Ammo Manuel I Sinopni qoʻlga kiritgach, masjidning katta qismi buzib tashlangan. 1264-yilda hudud turklar nazorati ostiga oʻtgach, saljuqiylar vaziri Pervane 1267-yilda masjidni qayta tiklaganIslam Encyclopaedia ( (ALÂEDDİN CAMİİ ve MEDRESESİ Vol.2, p.328). Keyinchalik shahar Candaroğulları bekligi hukmronligi ostiga oʻtgan va 1340-yillarda candarlik Ibrohim masjid hovlisining shimoli-sharqiy burchagida qabr qurgan. 1385-yilda candarlik Kötürüm Bayezid masjidni kengaytirgan. 1461-yilda Sinop hamda Candarning qolgan hukmronliklari Usmoniylar imperiyasi tarkibiga oʻtganSinop page . Usmoniylar hukmronligi davrida masjid bir necha marta taʼmirlangan. 1850-yillarda Sinop hokimi Tufan posho masjidni qayta tiklagan, chunki zilzila oqibatida masjid gumbaziga zarar yetgan edi. Binoning eng soʻnggi restavratsiya ishlari 2008-yilda amalga oshirilgan.
Bino Masjidning umumiy maydoni kavdrat shaklda boʻlib, bino 66 x 22 m2 (216 x 72) fut2) oʻchamdagi poydevorga, hovli esa 66 x 44 m2 (216 x 144) ga ega fut2) oʻlchamga ega. Masjid binosi keyinchalik toʻrtburchak shaklda qurilgan qurilgan Usmoniylar masjidlaridan ancha farq qiladi. Hovli balandlikdagi devorlar bilan oʻralgan. Binoda uchta darvoza mavjud boʻlib, ular gʻarb, shimol va sharqiy qismda joylashgan. Shodirvon, tahorat olinadigan favvora hovlining markazida qurilgan. Masjidning uchta asosiy va ikkita kichik gumbazi bor. Minorasi bitta. 1860-yillardagi restavratsiya vaqtida masjidning marmardan yasalgan asl minbari Istanbulga yuborilgan. Hozirgi yogʻoch minbar esa keyinchalik yaratilgan.
Manbalar
Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari Turkum:Turkiyadagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi sunniylik masjidlari