Qurfays (, shuningdek Qurfeis yoki Korfeis) Suriya shimoli-gʻarbidagi qishloq. Maʼmuriy jihatdan Latakiya muhofazasining Jableh okrugi tarkibiga kiradi. Latakiya janubida joylashgan. Gʻarbda Arab al-Mulk, shimoli-gʻarbda Jableh, shimoli-sharqda al-Aqiba va al-Qutaibiliya, janubi-sharqda Sarabion va Dveir Baabda bilan chegaradosh. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Qurfays aholisi kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Latakia Governorate. . Aholisi alaviylar iborat boʻlib, qishloq yirik Duoba oilasining markazlaridan biri hisoblanadi. Harbiy razvedka xizmatining sobiq rahbarlaridan biri Ali Duoba ushbu qishloqdan boʻlganBatatu, 1992, p. 240..
Qurfays munitsipaliteti 1979-yilda qishloqning mahalliy boshqaruvi, shuningdek yaqin atrofdagi al-Barazin, az-Zahra, Bishnana va Mahvartani boshqarish maqsadida tashkil etilgan. 2008-yilda Abdulla Ehson mer boʻlgan davrda munitsipalitet aholisi 7000 nafarga yaqinni tashkil etganKhatib, Sharaf.Municipality Qrfais and Wide Range of Services and Suffering from Lack of Central Lines for Sanitation. Unity Foundation for Press, Printing and Publishing. 2008-09-14..
Tarixi Qurfays 13-asrda Gospitalyerlar ordenining Margat qalʼasi tarkibidagi kichik qalʼa boʻlib, Korveis deb nomlanganRiley-Smith, 2012, p. 91.. 1271-yilda Mamluk sultoni Baybars Suriyaning qirgʻoqboʻyi togʻ tizmasidagi salibchilarni magʻlub etgach, gospitalyerlarni boshqa qalʼalar qatori Qurfaysni ham koʻchirishga majbur qildiRiley-Smith, 2012, p. 211.. Biroq, salibchilar bu yerni tark etishdan avval Qurfays va yaqin atrofdagi Baldani vayron qilishdiBronstein, 2005, p. 44.. Mamluklar sultoni Qalavun va Antioxiyadagi salibchilar hukmdori Bohemond IV oʻrtasida 1281-yilda tuzilgan shartnoma bilan rasman Mamluklarga topshirilgan koʻplab qalʼalar orasida Qurfays ham bor ediHolt, 1995, p. 63..
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Jableh tumani aholi punktlari Turkum:Gospitalyerlar ordeniga tegishli qasrlar va qalʼalar Turkum:Suriyadagi alaviylar jamoalari