Göğceli masjidi () – Turkiyaning shimoliy qismidagi Çarşamba shahri, Göğceli qabristonida joylashgan tarixiy yogʻoch masjid. XIII asrda Saljuqiylar imperiyasi davrida qurilgan.

Masjid binosi Göğceli masjidi Samsun viloyatining Çarşamba shahri, Hasbahçe mahallasining xuddi shu nomdagi qabriston ichida joylashgan. 1990-yilda binodan olingan yogʻoch namunalari ustida olib borilgan tadqiqotlarga koʻra bino Rum saljuqiy sultoni Kayxusrav I () tomonidan 1206-yilda oʻzining ikkinchi hukmronligi davrida bunyod etilgan. 1335-yilda masjid portigi restavratsiya qilingan. Bir qavatli masjidni qurishda mixlardan foydalanilmagan, parchalangan taxtalar ustma-ust qilib terilgan. Devorlar, ustunlar, toʻsinlar, tomning qiya qismlari va tomning markaziy tayanch qismlarini qurishda qayrag'och, shumtol va kashtan daraxti yogʻochlari ishlatilgan. Devorlardagi taxtalarning qalinligi , kengligi , uzunligi atrofida. Binoning tashqi tomonidan oʻlchamlari × , yerdan balandligi ni tashkil qiladi. 2007-yilda masjidda keng qamrovli restavratsiya ishlari amalga oshirilgan.

Ichki qismi left|thumb|Masjid shifti Binoning yopiq maydoni . Tomning shimoliy qismi biroz egilgan. Ayollar boʻlimining tomini oltita ustun koʻtarib turadi. Bugungi kunda ham faoliyat yuritayotgan ushbu masjid 300 kishini sigʻdira oladi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda