Sulayman ibn Gʻolib ibn Jibril al-Bajaliy () Abbosiylar xalifaligining 816—817-yillarda Misr noibi boʻlgan amaldori.
Faoliyati Sulaymon Abbosiylar inqilobida ishtirok etgan xurosoniy Jibril ibn Yahyo al-Bajaliyning nabirasi. 809 va 811-yillarda Misr sohib ash-shurtasi etib tayinlangan. 816-yil sentyabr oyida as-Sariy ibn al-Hakam taxtdan ag‘darilishiga sabab boʻlgan qo‘shin qo‘zg‘oloni ortidan noiblikka ko‘tarilgan. Mazkur lavozimda uzoq qolmadi. Qoʻshinlar unga hujum qilib, 817-yil fevral oyida, besh oylik hukmronlikdan soʻng chetlatishdi va oʻrniga as-Sariy hokimiyatga qaytarildi.
Sulaymonning oʻgʻli Muhammad 851-yilda sohib ash-shurta etib tayinlandi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Misrning 9-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:9-asr arab shaxslari